Pedagogika-psixologiya fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/31
tarix22.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#147389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan

 
 
Boshlang’ich sinflarda oqish darslarida o’quvchilarning nutqini oshirish vositalaridan 
biri to’g’ri uyushtirilgan hikoyalardir. Maktab tajribasida to’liq qisqartirib tahlab va qayta 
ijodiy hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ertak matnini qayta 
hikoyalash ancha oson, boshqa janrdagi asarlarni hikoyalash esa nisbatan qiyinroqdir.
Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib 
o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o'tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga 
yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib 
ketadi. 
Ertakning o'tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni 
maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning 
g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni 
o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta -
qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi
bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli 
hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli boiadi. 
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik 
g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik 
ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan qiivonadilar. Ular 
hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, „Halollik" ertagida (3-sinf) asosiy 
fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun 
xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, „Hiylagarning jazosi" ertagida esa 
(4-sinf) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz 
qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan 
yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin