TARIX VA PEDAGOGIKA TARIXINING UMUMIY HAMDA O’ZIGA XOSLIKLARINI OCHISHGA DOIR VENN DIAGRAMMASI TOPSHIRIG’I
Pedagogika tarixi
Tarix
“PEDAGOGIKA TARIXI” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
1) milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;