Hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san'at namoyandalarining ijodiy merosi, san'at va adabiy asarlarning namunalari Ajdolarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta'lim tarbiyaga oid merosi hisoblanadi.

Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo’minov, B.Gafurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboev, M.IShoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallaev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O’.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san'ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishning namunasi tarzida e'tirof etilgan ma'naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning Tarix, Strabonning Geografiya hamda Mahmud Qoshg’ariyning Devonu lug’atit-turk kabi asarlari, shuningdek, Urxun-yenisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shakllanishida moddiy va ma'naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi.