Pedagogika universiteti


Gokarna; Son of Pravarasena Khinkhila



Yüklə 434,34 Kb.
səhifə25/184
tarix09.05.2022
ölçüsü434,34 Kb.
#56883
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184
Pedagogika universiteti

Gokarna; Son of Pravarasena

  • Khinkhila; Son of Gokarna. 600 and 633 CE

  • Yudhishthira/Judhishthira; Son of Khinkhila. 633 to 657 CE.

  • Lakhana; Son of Yudhishthira. 657 - 670 CE)

    Eftaliylar davlati tasarrufiga birlashgan ulkan mamlakatnivg tabIIy geografiyasi qanchalik rang-barang bo’lsa, axolisining ztnik tarkibi shunchalik qurama, ijtimoiyva iktisodiy hayoti esa biri ikkinchisidan keskin farq qilardi. Ilk o’rta asr Xitoy manbalarida eftaliylarning yurtida shaharlarning yo’qligi, o’zlari esa o’tloqlarga boy yaylovlarda kigiz o’tovlarda yashashi ta’riflanadi. VI asr Vizantiya muarrixlarining asarlarida, aksincha, ularning «shaharlik» ekani ta’kidlanadi. Biri ikkinchisiga zid bunday ma’lumotlarda ma’lum darajada asos bor, albatta. CHunki O’rta Osiyo, Xuroson, SHarqiy Turkiston va SHimoliy Xindiston yerlarini zabt etgach, ko’chmanchi chorvador eftaliylar, shubxasiz, bu viloyatlardagi obod dehqonchilik vohalariga, xunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj toptan katta-kichik shaharlarga ega bo’ladilar. Yillar o’tishi bilan omilkor maxalliy aholi bilan qon-qarindosh bo’lib, ularga qorishib ketadilar. Natijada ularning bevosita vorisiga aylanadilar. SHu boisdan 568-569 yillarda Vizantiya imperatori Yustin II xuzurida bo’lgan turklar elchisi imperatorning "Eftaliylar shaxarlarda yashaydimi yoki qishloqlardami?" degan savoliga «Ular shaxarda yashovchi qabiladir, janobi oliylari» deb, javob bergan.

    Demak, Eftaliylar davlatiga birlashgan aholining bir qismi ko’chmanchi chorvador bo’lsa, ikkinchi kattaroq qismi shaxar va kishloqlarda yashovchi o’troq aholi edi. Uning axolisi asosan ziroatchilik bilan shug’ullanardi. Toxariston va So’g’d rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilikning markazi hisoblangan. Kashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi xam yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V— VI acrlarda SHarqiy Turkiston va O’rta Osiyo yerlarida ko’plab g’o’za ekilar edi. Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to’qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo’lgan. CHunki o’sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi.

    Aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko’chmanchi qismi chorvachilik, xususan mayda va yirik shohli hayvonlar boqish, tuyachilik, tog’liva tog’ oldi mintaqalaridagi aholi esa yilqichilik bilan shug’ullangan. Farg’ona vodiysi hamon zotli arg’umoqlari bilan mashhur edi.

    Ziroatkor yerlarning kattagina qismi xali xam qishloq jamoalari tasarrufida bo’lsa-da, ammo mamlakatda feodal munosabatlarining tarkib topishi oqibatida sug’oriladigan yer maydonlarining ma’lum bir qismi mulkdor zodagontabaqa vakillari — «dexqon»lar qo’lida to’plana boshlagan edi. Buning natijasida qishloq jamoasining erkin qo’shchilari ma’lum darajada zodagon dexqonlar asoratiga tushib, ularga qaram kadivarlarga aylanmokda zdi. Obikor yerlarning bir qismi ibodatxonalar mulki hisoblangan. Bunday yerlar «vag’nze» deb yuritilar edi. Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila va urug’ jamoalari xamda ularning oqsoqol zodagonlari biylar tasarrufida edi.

    Samarqand, Buxoro, Kashqadaryo va Toshkent viloyatlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, V—VI aerlarda dehqonchilik vohalarining tevarak-atrofiga kelib o’rnashgan ko’chmanchi eftaliy qabilalarining ommaviy ravishda o’troqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida obikor yerlarga bo’lgan muxtojlik ortadi. Daryo vodiylari bo’ylab katta-kichik sug’orish kanallari qazib-chiqarilib, minglab gektar, yangi yer maydonlari o’zlashtiriladi. Sug’orma dexqonchilikning kengayishi bilan irrigasiya texnikasi rivoj topadi. SHoxariqlar chuqurlashib, sersuv va sershoha sug’orish tarmoqlariga aylanadi. Ular daryodan suvni bog’lab oluvchi va yuqoriga ko’tarib beruvchi suv inshootlari bilan jihozlanadi. Hozirgi vaqtdagi Toshkent vohasi va Janubiy Kozog’istonerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog’ariq va Bo’zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai bo’lgan Darg’om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug’orish tarmoqlaridan hisoblanadi. Bu davrda tog’oldi mintaqalarida joylashgan adir yerlarga suv chikarib, obod etishda o’q, gupchak va tishli gildirakka asoslangan va o’z davri uchun ancha-muncha murakkab gidrotexnika inshootlari charxpalak, chig’ir va boshqalardan foydalaniladi. Yangidan o’zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlarning qalin va ulkan xom g’ishtlardan urib chiqilgan baland tagkursi ustiga bino qilingan ko’shklari, atrofi baland devorlar bilan o’ralgan istexkomli qo’rg’onlariyu, xashamatli qasrlari bilan bir qatorda mexnatkash qo’shchilarning ko’pdan-ko’p istexkomsiz qishloqlari va mayda qo’rg’onlari qad ko’taradi. Eftaliylar davrining hashamatli qasrlaridan biri Surxondaryoda Bolaliktepa yodgorligi ostidan qazib ochilgan. Xuddi shu davrda CHag’oniyon, Termiz, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshob va Toshkent atroflari to’la o’zlashtirilib alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllanadi. Keyinchalik bu vohalarda katta yerli dehqonlarning siyosiy mavqei oshib, ilk o’rta asrlarning deyarli mustaqil mayda xokimiyatliklari tashkil topadi. Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Varaxsha qasri VI—VII asrlarda buxorxudotlar — Buxoro maxalliy xukmdorlarining yozga qarorgoxi edi.

    Aholiningommaviy xashari va mashaqqatli mehnati bilan suv chiqarilib obod etilgan vohalarni tashqi yev bosqinlaridan muxofaza kilish maqsadida ularning tevarak-atrofi bir necha yuz chaqirimlarga cho’zilgan baland va qalin devorlar bilan o’rab olinadi. Ilk o’rta asrlarning mudofaa inshootlari ko’rinishdan qadimgi Buyuk Xitoy devoriga o’xshar edi. Samarqand vohasi atrofini o’ragan 12 darvozali bunday inshoat «Devori Qiyomat», Buxoro viloyati atrofini o’ragan 336 km. li devor «Kampirak» va Toshkent vohasining devori esa «Kampirdevol» nomlari bilan tarixda shuhrat topadi.

    Bu davrda dexqonchilik voxalaridagi katta-kichik shaharlar gavjumlashib, ularda ayniqsa kulolchilik, shishagarlik, chilangarlik, bo’zchilik, sarrojlik, zargarlik va kurolsozlikkasb-hunarlari ravnaq topadi. CHochda yasalgan o’q va yoy «kamoni chochiy» nomi bilan butun SHarqqa dong’i taraladi. Ilk o’rta asrlarda birgina Zarafshon vodiysida, Samarqand va Buxorodan tashqari, Rivdad, Kushoniya, Dabusiya, Xariman, Arqud, Romitan, Varaxsha va Poykand kabi xunarmandchilik va savdo shaharlari mavjud edi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Poykand shahri Eftaliylar davlatining poytaxti bo’lgan. Xitoy manbalarida u Bi nomi bilan tilga olinadi. Arablar uni «Madinat ut-tujjor», ya’ni «savdogarlar shaxri» deb yuritar edi.

    Eftaliylar o’z tashqi siyosatlarida harbiy kuchga suyanganlar. Ularning juda kuchli qo’shini bo’lgan. Lashkarning asosiy kismini suvoriylar tashkil etgan. Eftaliy suvoriylari gurzi va shamshir bilan qurollangan. Kamondan o’q uzishda mohir mergan bo’lishgan.

    VI asr Vizantiya tarixchisi Prokopiyning yozishicha, Ef­taliylarningqonuniy davlati podshohi mutlaq tomonidanboshqarilgan. Ko’shni davlatlar bilan munosabatlarda ular rumiy (vizantiyalik)lar va forslar adolatidan zarracha ham kam bo’lmagan adolatga amal qilganlar.

    Xioniy va kidariylarning O’rta Osiyoga kirib kelishi hamda Buyuk Eftaliylar davlatining tashkil topishi mahalliy aholining madaniy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir qildi. CHorvador ko’chmanchilar bosqini oqibatida tevarak-atrofi dashtliklarga tutashgan Xorazm, Buxoro va Naqshob kabi viloyatlarning ziroatkor yerlari payhon etilib, ko’plab qishloqlar, katta-kichik shaharlar bo’shab, huvillab qoldi. Xorazm aholisining kattagina qismi o’z ona yurtinn tark etib, Zarafshon vodiysiga borib o’rnashdi.

    Ko’chmanchi qabilalarning dehqonchilik vohalari atrofiga kelib o’rnashishi bilan, shubhasiz, ma’lum darajada dasht udumlari va e’tiqodiy tasavvurlari o’troq aholining hayotiga kirib bordi. Mamlakatda sodir bo’lgan tushkunlik uning moddiy madaniyatida ayniksa o’z aksini topdi. Madaniyatning ko’pgina tarmoqlari odimlashdi va dag’allashdi. Bunday holat garchi Xorazm, Buxoro va Kashqadaryo voxalarida yakqol kuzatilsa-da, ammo u asriy madaniy an’analari kuchli bo’lgan Toxariston va So’g’dda deyarli sezilmadi. Aksincha, bunday vohalarda ko’chmanchilar tez orada o’troqlashib, maxalliy aholi bilan qorishdi va uning ijtimoiy-Iktisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etdi. Feodal munosabatlar qaror topayottan sharoitda ko’chmanchilarning tazyiqi ostida o’troq hayotning madaniy an’analari dasht udumlari bilan omuxtalashib., ilk o’rta asrlarning o’ziga xos madaniyati shakllana boshladi. Mahalliy hayotda sodir bo’lgan bunday o’zgarishlar ayniqsa binokorlik, me’morchilik va tasviriy san’atning ayrim jabxalarida ko’proq namoyon bo’ldi.

    IV asrning ikkinchi yarmi va V asrda mamlakatning ichki va tashqi hayotida sodir bo’lgan keskinlik ayniqsa binokorlikka kuchli ta’sir ko’rsatdi. Samarqand, Buxoro, Naqshob va Toshkent kabi dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan ko’plab istexkomli qasrlar va feodal qo’rg’onlari qad ko’tardi. Istehkomlarning to’rt burchagi baland burjlar bilan mustaxkamlanib, devorumulalari bir necha qator kamondan o’q uzgich nishon tuynuklari bilan ta’minlanadi. Markazida baland arkli, girdi ikki yoki uch qator qalin mudofaa devorlari bilan o’ralgan feodal qo’rg’onlar ilk o’rta asrning o’ziga xos me’morchilik namunalaridan bo’lib, Naxshob vohasidagi Zaxoki Moron qal’asi, Buxorodagi SHaxri Vayron va Xorazmdagi Fir qal’alari shular jumlasidandir. IV asrda xorazmshoh Afrig’ tomonidan qurilgan Alfir qal’asini ta’riflar ekan, Beruniy uning ... uchta devori paxsadan va xom g’ishtdan urilgan; bularning biri ikkinchisi ichiga joylashgan; har birining balandligi boshqasinikiga qaraganda oshib boradi, ammo shohlar qasri hammasidan ham balanddir" deb yozadi.

    Geografik jixatdan bir-biridan uzoqda joylashgan va har xil diniy tasavvur va an’analarga ega bo’lgan viloyatlarning aholisi turli tillarda so’zlashgan. CHorvador aholi o’rtasida shubhasiz, turkiy til tobora kengayib borgan. O’troq aholining katta qismida so’g’diycha so’zlashuv va so’g’d tilining tobora rivojlanib borishi kuzatiladi. Bu davrda so’g’d tili va yozuvi Yettisuv va Farg’ona orqaliSHarqiy Turkistonga kirib, Xitoy xududlarigana yetib boradi. V-VI asrlarda So’g’d yozuvi va uning «.Samarkand yozuvi» uslubidan tashqari Xorazm va Eftaliy yozuvlari ham tarqalgan edi. Eftaliylar xati Baqtriya yozuvi asosida paydo bo’ladi. Xitoy sayyohi Syuan Szanning yozishicha, eftaliylar yozuvi asosan 25 harfdan iborat bo’lgan. Xat chapdan o’ngta tomon kundalangiga yozilgan.


    Yüklə 434,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin