Pedagogika universiteti


Me’morchilik, san’at va musiqa



Yüklə 434,34 Kb.
səhifə44/184
tarix09.05.2022
ölçüsü434,34 Kb.
#56883
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184
Pedagogika universiteti

Me’morchilik, san’at va musiqa.

X–XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda me’morchilik va san’at yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘chdi. Avvalambor, o‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va bu davrda to‘la g‘alaba qozongan islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu coxasiga ham kuchli ta’sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o‘zgardi.

Qolaversa, mamlakatning iqtisodiy ko‘tarilishi natijasida uning yangi yo‘nalishida ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. VIII asrda yuz bergan tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodonlashdi. Asrlar davomida to‘plangan va avloddan-avlodga an’anaviy ravishda o‘tib, tobora boyib kelgan me’morchilik yuqori darajada rivojlandi. Shaharlarda hashamatli binolar qad ko‘tardi. Binokorlikda xom g‘isht va paxsa bilan bir qatorda, pishiq g‘isht va turli xil ganch hamda ohaqli qurilish qorishmalari keng ishlatilib, binolarning shakli ham, ko‘rinishi ham ko‘rkamlashdi. Baland peshtoqli yoki chortoqli, tomi gumbazli xashamatli binolar hamda o‘ymakor g‘ishtlardan qurilgan ko‘rkam minoralar har bir shaharning ko‘rki bo‘lib, uning husniga husn qo‘shar va manzarasini bezab turar edi. Samarqand, Buxaro, Urganch, Termiz, Uzgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, machit, madrasa, minora, xonakoh maqbara, tim vakarvonsaroylar qurildi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Zirabuloq yaqinida joylashgan Tim qishlog‘idagi Arabota, Karmanadagi Mirsayid Bahrom maqbaralari, Buxorodagi Nomozgoh, Minorai Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari hamda ko‘pgina boshqa binolar o‘sha davr me’morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar X–XII asrlarda Movarounnaxrda o‘ziga xos me’morchilik g‘oyat rivoj topganligidan dalolat beradi. Bu davrda monumental me’moriy binolardan tashqari, yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari — bandlar, novalar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Qizig‘ishundaki, bunday inshootlarning o‘lchamlari matematika jihatidan g‘oyat puxta ishlangan. Shunga qaraganda, mahalliy gidrotexniklar bunday suv inshootlarini qurishda o‘sha davrda rivoj topgan xandasa va riyoziyot ilmlari hamda asriy mirobchilik muhandisligi tajribalaridan keng foydalanganlar. Masalan, X asrda Nurota tog‘larining Pasttog‘ darasi to‘silib, barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln. metr kub suv to‘plangan. To‘g‘on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandining matematik yechimlaridan ma’lum bo‘lishicha, uni bino qilishda X asr muxandislari hovuzga to‘planadigan suvning vertikal hamda ag‘daruvchi kuchlarigina emas, balki bu xududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan qonunidan qariyib 7 asr muqaddam movarounnahrlik muxandislarga ma’lum ekanligidan da­lolat beradi.

IX–X asrlardan boshlab binokorlikda sinchkori imo­ratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo‘shsinchli bino­larning tagsinchlaridan tortib, ustunlariyu sarrovlari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘ishtyoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi.

Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar harobalarida kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma’lum bo‘lishicha, X—XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni tutgan. Xona, yo‘lak, ayvon va xovlilardan iborat bunday turar joylar va saroylar odatda mustahkam qalin paxsa devor bilan o‘ralib, suvalgan xona devorlari ganchkori naqshli panellar bilan bezatilgan. Derazalarga o‘rnatilgan ganchkori panjaralarga rangdor shishalar solingan. Turar joy saxni ko‘pincha naqshli qilib to‘shalgan pishiq g‘ishtlar bilan qoplangan.

IX–XII asrlarda me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini buyoqli yoki gan­chkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san’at o‘zgacha tus oladi. Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va islimi gulli naqshlar ishlashga o‘tiladi. Islom dini mafkurasiga asosan, garchi tirik jonzodlarni tasvirlash majusiylik va butparastlik deb qat’iy man qilinganiga qaramay, xalq san’atining bu sohadagi asriy an’analari butunlay yo‘qolib ketmadi. Bu davrda yog‘och, ganch va sopoldan turli jonzodlarning haykalchalarini yasash va ularning tasvirlarini sirli sopol buyumlariga tushirish keng tarqaladi.

Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o‘z navbatida ku­lolchilik, miskarlik va zararlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, miskarlik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. IX–XII asrlarda ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi. Rang-barang sopol idishlarga nimsariq, ko‘kimtir, yashil, qizil, jigarrang va qora buyoqli naqshlar tortilib, sirti yupqa sir bilan qoplangan. Idish-tovoqlarni epigrafik naqsh-arabcha «xatti kufiy» da bitilgan maqollar, hikmatli so‘z va tilaklar bilan bezash katta o‘rin tutgan. Bunday sopol buyumlar nihoyatda sifatli bo‘lib, chet mamlakatlarga ham olib chiqilgan.

Bu davrda xattotlik xalq san’atining muxim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblardan nus’halar faqat xattotlar tomonidan qo‘lda ko‘chirilishi tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topadi. Turli uslubda xusnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.

Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundaga bitiklar bilan qoplangan. Shu jumladan masjid, xonakohq va madrasalarga ayrim oyatlar, saroylarga turli madhiyalar, oddiy bino vabuyumlarga esa hikmatli so‘zlar bitilgan. Shuningdek, imoratning qurilgan yili, binokor ustaning ismini yozish ham odatga aylangan. Bu odat, shubhasiz, kulolchilik, miskarlik va zargarlik buyumlarida ham namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, IX–XII asr me’morchiligi va unda ishlatilgan me’moriy naqsh uslublari o‘z navbatida mehnatkash aholining did, nafosat va binokorlik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘langan xalq me’mor — bannolarning sermazmun ijodini namoyish etadi.

IX–XII asrlarda musiqa san’ati ham g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar, xalq sayllari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi. Maxmud Koshg‘ariyning «Devonu Lug‘atit turk» kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng tarqalgan. Bu davrda sozandalar rud, tanbur, qubuz, rubob, nay, surnay, karnay, qo‘shnay, tabl, barbat, daf, kus, taburok, zir, chag‘ona, shaynur, arg‘unun va qonun kabi g‘oyat xilma- xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar. Bu davrda hatto yangi sozlar ixtiro etilgan. Masalan, Rudakiyning zamondoshi Abu Xifz Sug‘diy nayga monand shohrud nomli torli asbob yaratgan edi. Manbalarda Abu Bakr Rubobiy, Bunasr, changchi Lukariy kabi sozanda hamda hofizlarning nomlari saqlanib qolgan. Rudakiy rud va tanbur kabi sozlarni yaxshigina chaladigan sozanda va xushovoz hofiz bo‘lgan. Uning mashhur «bo‘yi juyi Muliyon» she’ri ushshoq quyida aytilib, nihoyatda shuxrat qozongan edi. Rudakiyning zamondoshlaridan shoir Abu Tayib Toxir «Xusravoniy» ko‘yini ijod qilgan edi. Bu davrda xalq kuylari asosida, keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining klassik quyi «Shashmaqom» uchun poydevor bo‘lgan «Rost», “Dusravoniy”, «Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi kuylar ijod etiladi. Bu kuylarning ko‘pi o‘zbek va qardosh xalqlarning madaniy merosi tarzida xozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Musiqa san’ati, shubhasiz, poeziya hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan xolda taraqqiy etadi. Forobiy va Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ olimlar musiqa va Musiqashunoslikka katta e’tibor beradilar va nodir asarlar yaratadilar.



Yüklə 434,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin