Pedagogika universiteti



Yüklə 434,34 Kb.
səhifə54/184
tarix09.05.2022
ölçüsü434,34 Kb.
#56883
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   184
Pedagogika universiteti

Ichki va tashqi siyosati.

Temur zamonasining buyuk imperiyasini barpo qilgan bo‘lsa -da, ammo u o‘zini bu davlatning qonuniy xoni deb umrbod elon qila olmadi. Chunki u nasli-nasabi jihatidan chingiziylar sulolasiga mansub emas edi. Shuning uchun ham chingiziylar tomonidan beltilangan an’anaga ko‘ra , Temur avval o‘z ho‘zurida Suyurg‘atmishni (1370—1388 yillar), so‘ngra uning vafotidan keyin esa Suyurg‘atmishning o‘g‘li Sulton Maxmudxonni (1388—1402 yillar) rasmiy xon qilib ko‘tarib, xatgo umrining oxirigacha ularning nomidan yorliqlar chiqartiradi, pullar zarb etgiradi. Ammo har ikkala bu hukmdorlar nomigagina «xon» bo‘lib, davlatning siyosiy hayotiga va Temur bergan faromoyishlarga mutlaqo aralashmasdilar. Shunta qaramasdan, Temur mamlakatda o‘zining bevosita hukmronligiga qonuniy tus berib, uni mustahkamlab olish maqsadida Amir Husaynning tul xotini Saroy Mulkxonimga uylanadi. Saroy Mulkxonim Movarounnazxrning Chigatoyxonadonidan chiqqan so‘nggi xoni Chingiziylar avlodi qozonxonning qizi edi. 1370 yilda Saroy Mulkxonim bilan bo‘lgan nikoh tufayli Temur o‘zining amirlik darajasiga «ko‘ra gon», ya’ni «xonning kuyovi» unvonini qo‘shib oladi va rasmiy hujjatlarda «Amir Temur ko‘ra goniy» nomi bilan yuritilishiga mO‘sharraf bo‘ladi.

Temurning ulkan imperiyasi shaklan buyuk va qudratli davlat bo‘lib ko‘rinsa ham, aslida uning iqtisodiy negizi zaif edi. Temur bosib olingan viloyatlarni ug‘illari, nabiralari va xizmat ko‘rsatgan amirlariga suyurg‘ol tarzida in’om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnaxrda n tashqari o‘z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Temur turt ulusga bo‘ldi. Tung‘ich ug‘li Muhammad Jahongirga Balx viloyati bilan 12 ming navkarlik qo‘shin, ikkinchi ug‘li Umarshayxga Fors viloyati va 10 ming askar, uchinchi ug‘li Mironshoxga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston bilan 9 ming kishilik qo‘shin, kenja ug‘li Shoxruxga Xuroson, Jurjon, Mozondaron, Seiston bilan 7 ming askar berildi. Garchi uluslar markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo‘shini bo‘lib, ular markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.

Suyurg‘ol Temur davlati tashkil etilishi arafasida joriy etilib, u «iqto’» kabi ma’lum tuman yoki viloyatlarni hukumat yorlig‘i bilan g‘arbdagi «feod» yoki «len» tarzida oliy hukmdor avlodlari va xizmat ko‘rsatgan yuqori tabaqa zodagonlarga in’om tariqasida berilgan. Ba’zan suyurg‘ol yerlari oliy xukumatning farmoni bilan hatto avloddan avlodga meros bo‘lib ham o‘tgan. Masalan, Temurningg tung‘ich ug‘li Jahongir vafotidan so‘ng unga tegishli Balx viloyatiga qobul, g‘azna va qandaxorni qo‘shib, marx;umning ug‘li Pirmuhammadga beriladi. Shuningdek, Temur Umarshayxning ug‘li Rustamga Isfaxonni, Mironshoxning ug‘li Abu Bakrga Bag‘dodni suyurg‘ol qiladi. Mana shu tarzda Movarounnaxrdan tashqari, mamlakat bir qancha bo‘laqlarga bo‘linib ketadi. Viloyat hoqimlari — shahzodalar o‘z tasarrufadagi uluslarda doimo iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishta intilar edi. Markaziy xukumat esa, vaziyat jiddiylashgan paytlardagina ularning ichki ishlariga aralashar edi. Shubhasiz suyurg‘ol asosida qo‘rilgan udel tartibining g‘oyatda kuchayishi oqibatda ayrim viloyatlarning ma’lum darajada mavqeini oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chiqargan. Temur hayotlik chog‘idayoq mamlakatning uzoq o‘lkalaridagina emas, xatto uning markaziy viloyatlarida ham nizolar va urushlar bo‘lib turgan. Lekin, katta. xuquq va imtiyozlarga ega bo‘lgan, kuchli qo‘shinga tayangan buyuk hukmdor ayrim viloyatlarning feodal doiralari tomonidan ko‘tardilgan isyonlarni va xalq harakatlarini doimo osongina bostira olardi. Shunday qilib, Temur imperiyasi viloyatlardagi feodal hukmronliklariningbirlashmasi bo‘lib, haqiqiy markazlashish uchun u hali yetarli darajada na iqtisodiy va na siyosiy poydevorga zga edi.

Temur davrida davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, uning yonida arkbegi (marosimlarni boshqaruvchi) hamda turt vazir turardi. Birinchi vazir yer soliqlari, chegara bojini undirish, hamda mirshablik ishlarini bajargan. Ikkinchisi askarlar maoshi va oziq-ovqat ta’minotlari bilan shug‘ullangan. Uchinchi vazir harbiylar, ularning lavozimu mansablarga tayinlanishi va meros ishlariga qaragan. Turtinchisi saroy harajatlarini boshqargan. Temur davlat tuzilishi sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan bo‘lsa -da, har xolda XIV asrning birinchi yarmida mo‘g‘ul xoni Kebek hukmronlik qilgan davrda joriy etilgan mamlakatni harbiy-ma’muriy bulinishni saqlab qoldi va uni rivojlantirdi. Ammo davlatning ma’muriy idora etish tarkibining takomiliga suyurg‘olning keng tarqalishi tusqinlik qiladi.


Yüklə 434,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin