17-mavzu: O’rta Osiyo xalqlari Turk xaqonligi tarkibida
(VI - VIII asr boshlari) (2 soat)
Reja:
Turk xoqonligining tashkil topishi.
Turk hoqonligining qo‘shni davlatlar bilan munosabati.
G‘arbiy turk hoqonligining iqtisodiy, ijtimoiy hayoti
Turk hoqonligining inqirozga yuz tutishi.
Turk etnonim ilk bor qaysi yozma manbada qayd etilganligi munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyoning chorvador kabilalari haqida ma’lumotlar «Avesto», yunon manbalari, qadimgi eron qoyatoshlari va xitoy yilnomalarida qayd etilgan bo’lib, xususan, «Avesto»ning Got va Yasht qismida tilga olingan Amudaryoning o’ng tomonida yashovchi «turlar», «chopqir otli turlar»ni tadqiqotchilar O’rta Osiyoning sak qabilalari yoki turklar bo’lgan, deb hisoblaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar esa Geodotning «Tarix» asarida keltirilgan skiflarning birinchi xukmdori Targ’itoy nomi bilan Turk etnonimini bog’lashga xarakat qilganlar.
Turk etnonimi Azov dengizining shimolidagi o’rmonlarda yashovchi xalqlarga nisbatan «turcae» shaklida Rim tarixchisi Pompeniy Melaning «Geografiya» asarida qayd etilgan. SHuningdek, Yana bir rimlik tarixchi Katta Pliniy o’zining «TabIIy tarix» asari (mil 23-79 yillar)da Pompeniy Mela ko’rsatib o’tgan xududlarda «turcae» nomli kishilarning yashashini yozib qoldirgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar turkae etnonimlarining Gerodot keltirgan iyrkai xalqini Volga-Ural daryolaridan Oltoygacha bo’lgan xududlarda yashagan ug’or, boshqird va boshqa xalqlarning ajdodi bo’lganligini e’tirof etadilar.
Gerodot shimoli –sharqdagi skif qabilalarini quyidagicha joylashtiradi. «Tanais (Don)ning ortida savromatlar, ..ularning tepasida budinlar, ..ulardan sharqda fissagetlar yashaydi. Xudi shu xududda ular Bilan qo’shni yashovchi yirki, ulardan sharqda qattiq toshli, notekis еr boshlanadi. Bu еrdan o’tgach, baland tog’ etagida odamlar yashaydi. Aytishlaricha, ularning erkaklari ham, ayollari ham tug’ma sochi yo’k, yassi burun va keng iyakli kishilardir. Ular butunlay o’zgacha tilda gaplashadi, skiflarga o’xshab kiyinadi. Kishilar yog’ochlarda yashaydi. Qishda yog’ochni qalin oq kigiz bilan yopadi, yozda esa yopinchiqsiz qoldiradi. Bu xalqning nomi argippeydir»
Tadqiqotchilarning fikricha, Ural ortidan Oltoyga qadar joylashgan «yassi burunli, keng yonoqli» mongoloid argippeylar, ya’ni «oq otli» xalqlar turkiy xalqlar bo’lganlar. Gerodot «argippeylardan sharqda ko’p sonli issedonlar, ularning yuqorisida esa arimaspalar yashaydi» deb qayd etadi. Tadqiqotchilar issedonlarni Tyanshan yonbag’irlarida, arimaspalarni esa Oltoy tog’ etaklarida yashovchi xalqlar bo’lgan, degan xulosani ilgari suradilar. Gerodot ularning ko’shnisi sifatida «iyrkai» xalqlarini ko’rsatadi.SHunisi qiziqki, keyingi davr Yunon-lotin tilidagi manbalarda ham xudi shunday nom Bilan gunn (xun)larni ataganlar.
Turk etnonimII Tabariyning «Tarix» asarida ham qayd etilgan bo’lib, unga ko’ra, sosoniylar shoxi Baxrom V (420-438) xukmronligi davrida turklarning xoqoni 250 minglik qo’shini Bilan Eron xududiga bostirib kirgan, lekin bu yurish muvaffaqiyatsiz tugagach, xoqon o’zini-o’zi o’ldirgan. Moisey Xorenskiyning «Arman tarixi» asarida ham sosoniylar shoxi SHopur II davrida «SHarq Xoqoni» nomi Bilan qandaydir xukmdor qayd etilgan. Tadqiqotchilar buni turklar, jujanlar, syanbilar yoki kushonlardan birining nomi bilan bog’laydilar.
Bir qator tadqiqotchilar, jumladan yirik turkolog S.G’Klyashtorniy «turk» etnonimining birinchi bor Mo’g’ilistondan topilgan Bugut yodgorligida (528-583) so’g’dcha shaklida «tr’wkt» tarzida uchragan va xitoyliklar ushbu etnonimni «tukyue» tarzida qabul qilganlar, deb hisoblaydi va bunga ilk bor Xitoy bilan turklarning o’zaro diplomatik aloqalari so’g’dliklar va so’g’d yozuvi yordamida amalga oshirilganligini (bu еrda 545 yil G’arbiy Vey imperatori Vindining Bumin yabg’u xuzuriga An-Nopanto boshchiligida elchilik xay’atini yuborganligi sabab qilib ko’rsatadi.
Lekin ba’zi tadqiqotchilar esa jujanlar turklarni o’zlarining tillarida ko’plik shaklida «turk-ut» deb atalganligini, xitoyliklar esa «turk-ut» nomli yangi qabilalar ittifoqi haqida xitoyliklar aynan jujuanlardan eshitganligini va xitoy manbalarida bu atama «tukuvet» shaklida 540 yilda paydo bo’lgan deb hisoblaydilar
Oltoy va Janubiy Sibirda ashina qabilasining yabg’ulari Asan-shod, Tuu va Buminlar (460—553) boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. qadimgi turk manbalarida bu ittifoq turk tIIrkel va t'urk bodunkabi nomlar bilan tilga olinadi. VI asr o’rtalarida Bumin boshliq bu turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga bo’ysundirgach, Markaziy Osiyodagi eng kuchli, Jujan xoqonligiga qaqshatkich zarba beradi. 551 yilda Bumin xoqon, ya’ni xukmdor unvoniga muyassar bo’lib, Markaziy Osiyoda yangi saltanat —Turk xoqonligiga asos soladi. Oltoy xoqonlikning markazi bo’lib qoladi.Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda xukmronlikni mustahkamlab olgach, Bumin va uning ukasi Istemi xoqonlik chegaralarini kengaytirishga kirishadilar. Kisqa vaqt ichida Yenisey daryosi bo’ylarida yashovchi kirg’izlar, janubi-g’arbiy Manjuriyaning mo’g’ul qabilasi kidanlar bo’ysundiriladi. SHimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa xatto u_yiliga yuz ming to’p ipak mato hisobida xoqonlikka o’lpon to’lab turishga majbur bo’ladi.
Turklar g’arbga tomon ayniqsa muvaffaqiyatli yurishlar olib boradilar. g’arbiy xarakatlarga Istemi boshchilik qiladi. Unga «yabg’u xoqon» degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va SHarqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi nushibi, dulu va turgash kabi turkiy qabilalar buysundiriladi. 555 yildayok turklar SHarkiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina qismini va boy xunarmakdchilik shaharlarini hamda O’rta Osiyoning Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladilar. Turklar xokimligi shu paytlarda, shubhasiz, Xorazmga ham yoyilib, xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati xududlariga borib yondashadi.
Turk xoqonligi avarlarga qarshi kurash masalasida g’arb bilan juda yaxshi hamkorlik olib borgan. Jumladan, Vizantiya tarixchisi Menandrning 562-yilga oid quyidagi yodnomasi bu fikrni tasdiqlaydi. Uning yozishicha, 562-yilda Avarlar turklarga hujum qilib, g’alabaga erishmay chekinganda, Turklar podshosi Silziboulos avarlarni o’rganadi va Vizantiyaga quyidagi mazmunda xat yuboradi: “Avarlar qushlar emas, havoda uchib turk qilichlaridan qochgani, ular baliqlar emas, suvga sho’ng’ib, dengiz chuqurligida yo’qolib qolsa. Ular ham biz kabi odam va ular yer yuzida yurishadi. Agar men eftaliylarga qarshi urushni tugatsam, birinchi navbatda avarlar ustiga yuraman va ular mening kuchimdan hech qayerga qochib ketisha olmaydi.”54 558 yilga borganda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etib, undan g’arbda va SHimoliy Kavkazda bepoyon еrlarni egallab olgan avarlar bilan to’qnashadilar. g’arbdagi bu ikki dushmanga uzil-kesil zarba berish maqsadida^ turklar Eron va Vizantiya bilan do’stona aloqa o’rnatishga intiladi. Turklar tazyiki oqibatida bu davrda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston, Zabuliston, Kobuliston va CHag’oniyonni eftaliylardan tortib oladi.
Vizantiyaning avarlarga xomiyligini to’xtatishga imperatorni ko’ndirish maqsadida 563 yilda Turk xoqonligi elchilari Konstantinopol shaxriga еtib boradilar. Elchilikka nushibi qabilasining boshlig’i Eskil rahbarlik qiladi. O’sha yili Eron askarlarining Balxga xujumi ko’magida turklar Eftaliylar davlatining еrlariga bostirib kiradi. Parak vodiysi va uning markazi CHoch shahri olinadi . Turklar Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Samarqand, Kesh va Naxshobni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar.. Eftaliylar Balx, Xuttalon, Termiz, Omul va Zamm shaxarlaridan katta kuch to’plab Buxoro yaqinida jangga tayyorgarlik ko’radilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo’shini turklardan еngiladi. SHunday qilib, janubda Eron sosoniylaridan, shimolda esa Turk xoqonligidan qaqshatkich zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqrokxukmronlikdan so’ng tamomila barbod bo’ladi. Natijada mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar Eron, uning shimoliy sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan еrlar Turk xoqonligi tasarrufiga o’tadi.
5-6 asrlardan O’rta Osiyoda feodalashish jarayoni tobora avj olib, feodal zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor kashovarzlar zadogon dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Aholi qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi bosh ko’tarishga majbur bo’ladi. SHunday xalq h.arakati dastavval 5 asr oxiri va 6 asr boshlarida Eronda Mazdak boshchiligida ko’tarilgan edi. Mazdakchilar еr-suv, boylik hamda xokimiyatni egallab olib, aholini muxtojlikka solgan katta еr egalariga qari «hamma barobar bo’lsin» degan g’oyani olg’a so’radilar. Mazdak quzg’oloni bostirilib bostirilib oradan qariyib yarim asr o’tgach, Buxoroda mana shunday xalq xarakati ko’tariladi Qo’zg’olonga Obro’y boshchilik qiladi. Buxoro tarixchisi Muxammad Narshaxiyning yozishicha, qo’zg’olon natijasida Obro’ydai jabrlangan zodagon dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o’rnashadilar. Kochib ketganlar orasida bir katta dehqon bo’lgan. U Buxoroning qadimiy dehqonzodalaridan bo’lgan. Daromadli еrlarning ko’pi uning mulki, kadivar va hizmatkorlarning ko’pchiligi uning xizmatida bo’lganidan u Buxorxudot nomi bilan shuhrat topgan. qochib borganlar turk xoqoniga murojaat qilib, qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni suraganlar. Turk xoqoni qora-churin Turk o’g’li SHeri Kishvar boshliq qo’shin yuboradi. Obro’y o’ldirilib, qo’zg’olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o’z xo’jayinlari dehqonzodalarga qaytariladi. SHu tariqa VI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda ilk feodal dehqonlarning kadivarlar ustidan xukmronligi yanada mustaxkamlanadi.
17-mavzu: Arablarning O’rta Osiyoga bostirib kirishi. (2 soat)
Reja:
Arab xalifaligining tashkil topishi
O‘rta Osiyoga arablar bosqinining boshlanishi
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan egallanishi
Arablar bosqinining oqibatlari
Dostları ilə paylaş: |