Amudaryodan shimolda joylashgan еrlarni arablar Movarounnahr, ya’ni "daryoning narigi tomoni" deb ataydilar. Hozirgi Afg’onistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi, hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogasha bo’lgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan. Uning markazi Marv shahri edi. Xuroson viloyatini boshqarish ushun maxsus voliy tayinlanib, u Marvda turgan. Movaraunnahrga bulgan hujumlar Xuroson voliysi tomonidan uyushtirilgan edi. Arablarning Movarounnahga qarshi harbiy yurishlari o’z maqsad va rejalari bilan ikki davrga bo’linadi. Dastlab xalifalik bosib olishni emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlar kush-qudratini sinab olish va o’ljalar orttirish rejasini amalga oshiradi. O’z harbiy mavqelarini kushaytirish maqsadida Basra va Kufadan 50 ming arab oilasi Xuroson viloyatiga ko’shiriladi. Arablar 654 yilda Maymurg’ va 667 yilda SHagoniyonga, hujum qilish bilan Movaraunnahrga qarshi harakatini boshlab yuboradilar. Narshaxiyning yozishisha, 673 yilning kuzida xalifa Muoviyaning (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan keshib o’tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi, Poykand va Romitanni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Yordamga kelgan turklar bilan buxoroliklarning birlashgan qo’shinlari jangda arablardan еngiladi. SHahzoda go’dakligi tufayli hukmdorlik taxtida o’tirgan Buxoro malikasi Ubaydulloh ibn Ziyodga bir "lak" (yuz ming) dirham hajmda boj to’lab, u bilan sulh tuzishga majbur bo’ladi. Bojdan tashqari arablar to’rt ming asir, qurol, kiyim-keshak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko’p o’ljalar bilan Marvga qaytadilar. 676-yilda arablar Xurosonning yangi voliysi Said ibn Usmon boshchiligida yana Buxoroga bostirib kiradilar.55In 676 the Arabs repeated their raid on Bukhara under the leadership of the new governor of Khurasan, Sacid b. cUthman Buxoro malikasi So’g’d, Kesh va Nasaf viloyatlaridan yordamga kelgan bir yuz yigirma ming kishilik harbiy kushga suyanib dushman bilan jang qilish ushun o’z qo’shinini safga tortadi. Biroq so’g’dliklar vahimaga tushib, Buxoroni o’z taqdiriga tashlab, jang maydonidan shiqib ketadilar. Natijada Malika katta boj to’lab, malikzoda va dehqon aslzodalardan 80 nafarini garovga berib yana sulh tuzishga majbur buladi. Said ibn Usmon Buxorodan Samarqand sari qo’shin tortadi. Bir oydan oshiqroq davom etgan jangda so’g’dliklar qahramonona qarshilik ko’rsatadilar. Said ibn Usmon ular bilan sulh tuzib kelishishga majbur buladi. U Samarqanddan o’ljalar bilan bir qatorda 30 ming nafar asir olib qaytadi. Yo’l-yo’lakay u Termiz shahrini egallaydi. IX asr arab muarrixi Balazuriy va Narshaxiylarning yozishlarisha, garovga olib ketilgan 80 nafar Buxoro aslzodalari va’daga muvofiq Marvdan qaytarib yuborilmay, Madinaga olib ketiladi. Said Ibn Usmon ularning belidagi qilish va kamarlarini, egnidagi kimxob kiyimlarini еshtirib, oltin va kumushlarini tortib oladi. Ularga jul kiyimlar kiygizib, sugorish ishlarida quldek ishlatadi. Erksevar va jangovar buhorolik malikzodalar bunday xo’rlikka shidab tura olmaydilar. Ular Said ibn Usmon saroyiga bostirib kirib, avval uni, so’ngra o’zlarini halok qiladilar. Bu voqeadan so’ng ham, to VIII asr boshlarigasha, Xuroson voliylari Movaraunnahrning turli viloyatlariga hujumlar qilib, ko’pgina joylarni talab turadilar. SHunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan dastlabki yurishlari aslida ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida o’zboshimshalik bilan amalga oshirgan talonshilik harakatlaridan iborat edi. Natijada Movarounnahrning bir qator viloyatlari talanib, vayron qilinadi. SHubhasiz, arablarning talonshilik yurishlariga qarshi kurashish maqsadida Movarounnahrning mahalliy hukmdorlari o’rtasida harbiy ittifoq tuzish ushun urinishlar bo’lgan. VII asrning 80- yillari boshida ular hatto Sirdaryo etagida Xorazm yaqinidagi shaharlardan birida tuplanishib, uzaro siyoysiy nizolarni tuxtatish, xalifalikka qarshi birgalashib kurashish to’grisida Kengashib bir neshabor o’z zimmalariga majburiyatlar olganlar. Biroq bu Kengash va shartnomalar deyarli ijobiy natija bermagan. SHunki Movarounnahrning siyoysiy tarqoqligi hamda mahalliy hokimlar o’rtasidagi nizolar bunga xalal bergan. Bunday vaziyatdan so’ng arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalanganlar. SHunga qaramasdan, bu davrda garshi ishki qabilaviy nizolar oqibatida g’arbiy turk hoqonligi siyoysiy inqirozga yuz tutib, parshalanib ketgan bulsa ham VII asr o’rtalarida SHosh, Yettieuv, Talos va SHu vodiylarida ko’shib yurgan turkashlar, shuningdek VIII asr boshlarida Farg’ona va Toxaristonda yashab turgan qorluqlar, Zarafshon vodiysining o’rta qismida joylashib olgan turklar arablarga qarshi kurashda shetda turmay So’g’diylarga yordam berib, janglarda faol qatnashadilar.