Pedagogika universiteti



Yüklə 434,34 Kb.
səhifə36/184
tarix09.05.2022
ölçüsü434,34 Kb.
#56883
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184
Pedagogika universiteti

3-masala

Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan bo‘lib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) bo‘ysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. Somoniylar da vazir devonidan tashqari 10 devon bo‘lib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Nasr II (914—943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi inana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga muayyan bilimlarga ega bo‘lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor bo‘lgan savodli asilzodalardan tanlab olingan. Somoniylar ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan bo‘lib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor bo‘lishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qo‘mondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan bo‘lib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir o‘tkazib kelishgan. Somoniylar ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan bo‘lsa, bu mablag‘dan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qo‘shin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.

Shu bilan birga X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar inʼom qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda keng yoyiladi. Bunday mulkka „iqto“, unga ega bo‘lgan mulkdorlar „muqto‘“ yoki „iqto 'dor“ deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulolaʼ aʼzolari—amirzodalar va yirik mansabdorlarga inʼom etilgan. Iqto mulklari awalda bir umrga emas, balki maʼlum muddatga berilib, nasldan-naslga o‘tkazilmagan. Iqtodorlar hadyaga berilgan mulklarga hali to‘la egalik qila olmaganlar. Ular iqto yerlaridan tushadigan daromad yoki uning maʼlum qisminigina yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lganlar, xolos. Butun bir viloyat iqto qilib berilgan noib — vazirga baʼzan o‘z nomi bilan chaqa pul zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu shubhasiz, o‘z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib edi.

X-asr boshida Somoniylar hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Farg‘ona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chag‘oniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston, Guzganon, G‘archiston, Marv, Hirot, G‘ur, Nishopur va Go‘rgon. Viloyatlarda boshqaruv g‘okimlar qo‘lida bo‘lib, ular amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga ko‘pincha mahalliy yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar qo‘lida bo‘lib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, Somoniylar hukmronligi davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guzganonda farig‘uniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chag‘oniyon, G‘azna, Sijiston, G‘ur va G‘archistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.

Somoniylar ning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari to‘la turkiylarning qo‘lida bo‘lgan. 10-asr ga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy aholisi ko‘plab islom dinini qabul qilganliklari tufayli Somoniylar ning boshqaruv tizimida ularning salmog‘i oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, Il-Mangu, Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin, Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytug‘dibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytug‘mish va boshqa g‘ukmdorlar boshqargan.

Hokimiyat Somoniylar qo‘lidan ketib, qoraxoniylar qo‘liga o‘tgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga o‘tishgan. Shuning uchun Bug‘roxon 992 yilda Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va Buxoroni egallaganda, unga hech kim qarshilik ko‘rsatmagan. Chunki mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargacha bo‘lgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, o‘z yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar. Shunday qilib, Somoniylar boshqaruv tizimi aniq va mukammal ravishda tuzilgan bo‘lib, o‘zida davlatchilikning o‘sha davrda eng ilg‘or anʼanalarini mujassamlashtirgan.

IX–X asrlarda Movarounnaxr, Xuroson va Xorazmning shaxar va qishloqlarida xunarmandchilikning kupgina soxalari birmuncha rivojlangan bulsa-da, ammo bu hududlar qishloq xujaligi mamlakati edi. Axolisiningasosiy qismi sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanardi. Asrlar osha takomillashib kelgan sershoxa sug’orish tarmoqlari va turli-tuman suv inshootlari (tug’on, band, novakoriz, chigirik, charxpalak, suvayirg’ich) vositasida sug’orilib obod etilgan serunum vohalarda sug’orma dehqonchilik madaniyati g’allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog’dorchilik yuqori darajada rivoj topgan. Zarafshon, qashqadaryo va Farg’ona vodiysi, SHosh, Eloq hamda Xorazm vohalarida aholi ziroatlarning deyarli barcha navlarini: arpa, bug’doy, tariq, mosh, adas (yasmiq), kunjut, nuxat, zig’ir, jut va shu kabilarni yetishtirar edi. Samarqand vohasida asosiy ekin bulgan g’alladan tashqari zig’ir, kanop va kanakunjut, Xorazmda esa kunjut kup ekilardi. Zig’ir, kunjut va kanakunjutdan moy olingan. Movarounnahrning togoldixududlari ax,olisining asosiy mashg’uloti chorvachilik bulsa-da, ular lalmikorlik bilan ham shug’ullanardi. Lalmi yerlarda asosan g’alla yetishtirilgan. Murg’ob, Buxoro, Samarqand va SHosh vohalarida paxtachilik kattagina urinni egallagan. Paxtaning ingichka tolali g’uza navlari ekilgan. g’uzadan tashqari za’faron va ruyan kabi nodir dorivor usimliklar ekilib, ulardan turli xil dori-darmonlar va buyoqlar tayyorlangan.

Movarounnahr va Xorazmda, ayniqsa bog’dorchilik ma­daniyati keng ravnaq topgan. Bog va chorbog’larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, urik, shaftoli, olxuri, olcha, tut, jiyda va kupgina boshqa mevalar yetishtirilar edi. Xususan, uzumning unlab navlaridan nixoyatda kup hosil olingan. Uzumdan mayiz, shinni, sirka va musallas tayyorlangan. Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari serob bulib, qovunlar nixoyatda shirali bulgan. Buxoro va Xorazmning qirqma qovunlari va qovun qoqilari SHarqning uzoq-uzoq shaharlariga olib borilgan. X asr muarrixi Narshaxiy Buxoro Registoni atrofida barpo etilgan muhtasham mexmonxonali va sarhovuzli chorbog’lardagi sulim-daraxtzorlar va shirin-shakar anvoyi mevazorlarni ta’riflab, ularda «nashvati, bodom, yong’oq, gilos, jilonjiyda va anbar buyli... har bir meva g’oyatda yaxshi va guzal tarzda utkazilgan edi», deb yozadi.

Dexqonchilik solig’i xirojdan xazinaga tushadigan daromad-davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. SHuning uchun x,am somoniylar mamlakatda dexqonchilik xujaligini rivojlantirishga katta e’tibor beradilar. Avvalambor ular ayrim viloyat va vohalarda suv taqsimotini tartibga solib, ularning suv ta’minotini yaxshilash hamda iloji boricha ekin maydonlarini kengaytirishga harakat qiladilar. IX–X asrlarda Movarounnaxrning viloyat va vohalarida daryo va uning tarmoqlaridan kuplab yangi-yangi sug’orish kanallari qazib chiqarilib, ularning dahanalariga suv bog’lab oluvchi tug’onlar, miftohlar (shlyuz) va suv tashlagich novlar urnatiladi. Oqar suvga tanqis togoldihududlari va daralar ichida bandlar bino qilinib, suv omborlari barpo etiladi. Yer osti suvlaridan dehqonchilikda foydalanish uchun uta murakkab va nixoyatda mashaqqatli sug’orish inshoati-korizlar qazilib ishga tushiriladi. Suv manbalari sathidan balandroq joylashgan yer maydonlariga suv chiqarish uchun charxpalak, chig’ir va duloblardan keng foydalaniladi.

Shunday qilib, X asr oxiriga kelib somoniylar urtasida avj olib ketgan uzaro kurashlar, Movarounnahrda ayrim viloyatlarni, Xurosonda esa kupgina joylarni egal­lab olgan ba’zi bir mahalliy xokimlar va yirik mulkdor feodallarning markaziy hokimiyatga qarshi chiqishlari mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudratiga katta putur yetkazadi. Natijada Somoniylar davlati nixoyatda zaiflashib qoladi. Bu davrda u Yettisuv viloyatida tashkil topgan qoraxoniylar davlatining Movarounnaxrga tomon yurishlariga qarshi tura olmaydi va uning shiddatli hamlalariga bardosh bera olmay qulaydi.




Yüklə 434,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin