Pedagogika universiteti



Yüklə 434,34 Kb.
səhifə33/184
tarix09.05.2022
ölçüsü434,34 Kb.
#56883
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184
Pedagogika universiteti

3-masala

Arablar istilosi va hukmronligi Vatanimiz hududida qanchalik murakkab ijtimoiy-siyosiy oqibatlar bilan bog'liq bo'lmasin, yakkaxudolik g'oyasi, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlarni o'zida mujassam etgan islom dini va ta'limotining o'lkamizda asta-sekin ildiz otib borishi, ulug' ajdodlarimiz hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Butun arab dunyosini birlashtirish, uning ma'naviy qudratini kuchayishida katta rol o'ynagan islom dini va uning Muqaddas  kitobi - Qur'oni Karim g'oyalari va oyatlarining mahalliy xalqlarning ongi, shuuriga singib,ularning turmush va fikrlash tarzini ajralmas bir qismiga aylanib borishi, ularning ma'naviy olamiga hayotbaxsh ta'sir ko'rsatdi. Buning asosiy boisi shundaki, Allohning yagonaligiga imon keltirish, uning yuksak insonparvarlik g'oyalariga, oliyjanob shaxsiy fazilatlariga ishonch va e’tiqod, bir-birini quvvatlash, birlashish, hamkorlik tuyg'ularini shakllantirib bordi. Negaki, islom ta'limoti, Qur'oni Karim g'oyalari negizida tarkib topgan musulmonlikning o'lkamiega yoyilishi islomni qabul qilgan o'tmishdoshlarimizning ruhiy ma'naviy poklanish sari harakatlanishi, jamiyat hayotida takomillashib borishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Darhaqiqat, islom dini va musulmonlik tamoyillarining O'rta Osiyo hududida tarqalishi, o'lkamiz xalqlari musulmon olami bilan tutashib uning boy diniy va dunyoviy madaniyati, ilmu-fani bilan yaqindan tanishdi. Yurtimizda islom madaniyatining qaror topib, ildiz otib borishi yurtimizdan hadis olimlarining etishib chiqishiga turtki bo'ldi.

Yurtimizdan Abu Nasr Farobiy Ahmad al-Farg'oniy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Mahmud az-Zamaxshariy singari allomalar jahon kezib, mashaqqatlar ila ilm o'rgandilar.

Shu bilan birgalikda o'lkaga islomning kirib kelishi, yakka xudolik g'oyasining g'alaba qozonishi, yagona Allohning e’tirof etilishi, o'z navbatida mahalliy xalqlar, elatlar birligi, ahilligi sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Hadisshunoslik ilmi IX asrda rivoj topdi. Musulmon olamida ishonchli manba deb tan olingan 6ta ishonchli hadislar to'plami shu davrda yaratildi. Ular orasida "Hadis ilmida amir-al - mo'miniyn" degan sharafli nomga sazovor bo'lgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870) dir. Imom Buxoriy safarlari davomida turli shaharlardagi 90 ga ya-in ustozlardan ta'lim olgan. Ayni chog'da uning o'zi ham shogirdlarga ustozlik qilgan. Manbalarda  uning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani aytiladi. Uning qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlar mavjud. 1998 yil oktabrda alloma tavalludining 1225 yilligi keng nishonlandi. Al-Buxoriy hoki dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog'ida unga bag'ishlab yodgorlik barpo etildi. Imom Buxoriyning eng mashhur qimmatliasari "Al-jome' as-sahih" bo'lib, bu asar eng ishonchli hadislar to'plamidir. Bu asar Qur'oni Karimdan keyingi o'rinda turadi.

Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi, o'z davrining mashhur allomasi - Abu Iso-Muhammad at-Termiziy (824-892) ham hadisshunoslik ilmini yuqori bosqichlarga ko'targan siymolardandir. Termiz shahri atrofida Bug' qishlog'ida (hozirgi Sherobod tumani)da tavallud topganlar. Dastlabki ma'lumotni olgandan so'ng O'rta Osiyoning Urganch, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarida bilimini takomillashtirgan. Bundan etarli qanoat hosil qilmagan at-Termiziy Sharq mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka, Madina singari shaharlarda yashab  ilm-fanning turli sohalarida ijod qilgan. U fiqh, tarix, hadis ilmidan ta'lim olgan. At-Termiziyning sara asarlaridan "Al-jomi'" asari hadis ilmi bobida 6ta ishonchli to'plamlardan biri bo'lib, nihoyatda noyob asar hisoblanadi.



Yüklə 434,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin