19-Мавзу. O’rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi.
Tohiriylar va Safforiylar davlati (2 soat)
Reja:
VIII asr oxiri IX asr boshlarda arab xalifaligidagi siyosiy ahvol.
Toxiriylar davlatining tashkil topishi.
Safforiylar davlati.
VIII asr oxiri — IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnaxr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o‘zgartirishga majbur etdi. Endilikda ular sharqiy viloyatlarni boshqarishda davlat ishlariga maxalliy zodagonlarni jalb etish va ularning qo‘li bilan bu viloyatlarni xalifalik tasarrufida tutib turishga xarakat qiladilar. Natija abbosiylar ko‘zlagandek bo‘lib chiqmadi. Maxalliy zodagonlar Movarounnaxr va Xurosonni asta-sekin o‘z tasarruflariga olibgina qolmadilar, balki xalifalik markazida xam xokimiyatni boshqarishda tobora kuproq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoldilar. Bunga ayniqsa xalifa Xorun ar-Rashid (786—809) vafotidan sung taxt uchun uning ug‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida 809—813 yillarda bo‘lib o‘tgan kurash katta yo‘l ochib berdi.
Ma’mun uzoq yillar mobaynida Xuroson va Movarounnaxrning noibi bo‘lib, maxalliy zodagonlar bilan juda yaqinlashib ketgan edi. Garchi uni maxalliy zodagonlar qullab-quvvatlasalarda, ammo xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga kutaradilar. Bundan norozi bulgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurashish uchun besh yil tayyorgarlik kuradi. Xirot viloyatining zodagonlaridan Toxir ibn Xusayn boshliq Xuroson va Movarounnaxr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813 yilda ular Bog‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tkaziladi.Buning evaziga Toxir ibn Xusaynni shimoliy Mesopotamiyada joylashgan al- Jazir shahrining noibi , Bog‘dodda xalifalikning askarboshisi -saxib ash-shurta va Iroq xududidagi Savada viloyatida bosh mirob lavozimlariga tayinlanadi.
Toxiriylar sulolasi o‘zlarini pahlovon Rustamning avlodlari deb hisoblashardi. Ular VII asrning boshlarida islom dinini qabul qilgan. Toxiriylar sulolasining dastlabki avlodlari Roziq Musab va uning o‘g‘li Musab Xusayin Xirot viloyatidagi Bushang shahrining hokimlari bo‘lib, u 814 yilda vafot etgan. Husayinning o‘g‘li Toxir xalifa Ma’munga taxtni egallashga yordam bergan. Ma’mun tohiriylar sulolasining barchasini yuqori lavozimlarga tayinlash bilan rag‘batlantirgan. Mansur ibn Talxani Marv, Abdullax ibn Toxirni Tabariston hokimi qilib tayinlagan. Bog‘dodning harbiy boshlig‘i lavozimi ham ularning qo‘lida bo‘lgan.
Shuningdek, Ma’mun Movarounnaxr zodagonlariningyordamini xam unutmadi. Somonxudotning nabiralariniayrim shaxar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuxga Samarqand, Axmadga Farg‘ona, Yaxyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Xirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnaxrning xar yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni toxiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. IX asr arab geografi Xurdodbexnint yozishicha, xar yili xalifa xazinasiga Shoshdan 607 ming, Sug‘ddan 326 ming, Farg‘onadan 280 ming, Ustrushonadan esa 50 ming kumush dirxam tushgan.
821 yilda Toxir ibn Xusayn Xuroson va Movarounnaxrning noibi etib tayinlanadi. Oradan bir yil xam o‘tmay xutbadan xalifa nomini chiqartirib tashlaydi. Bu, shubxasiz, Bog‘dod bilan aloqani uzish va uzini mustaqil deb e’lon qilish edi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay u to‘satdan vafot etadi. Xalifaning ko‘rsatmasi bilan vazir uni zaxarlab o‘ldiradi. Shunga qaramasdan, Toxir ibn Xusaynning o‘g‘illari Talxa ibn Toxir 822—828, Dastlabki tohiriylar sulolasi hukmronligi davrida ular Xuroson, Movarounnhar va Seyiston ustidan nazorat o‘rnatganlar. Toxir 822 yilda vafot etgach, o‘rniga o‘g‘li Talxa o‘tiradi. U otasiday serg‘ayrat bo‘lmasada, sharqiy viloyatlarni boshqargan. Xalifa ismini xutbaga qo‘shib o‘qittirgan. U Nishopurdan turib, Xuroson, Tabariston, Transaksoniyani boshqargan63. After a successful rule of two years Tāhir suddenly omitted the Caliph’s name in the weekly prayers, and on the following day he was found dead in his bed, A.H. 207 (822).But so great were the esteem and influence which the viceroy had gained in Khorāsān,that the Caliph did not dare to take the governorship of that province out of the hands ofTāhir’s family.
Ali davrida Aleksandriya shahri qo‘shib olinadi. Abul Abbos Abdallax (830—844), davrida Xuroson xududida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. poytaxt Marvdan Nishopur shaxriga ko‘chiriladi. Uning davrida Xuroson iqtisodiy va siyosiy jihatdan eng yuksalgan davri bo‘ladi. Uning o‘g‘li Taxir II 844—862 hukmronligining oxirgi yillarida Seyistonda qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Natijada hali yosh bo‘lgan uning o‘g‘li Muxammad (862—873).taxtga o‘tiradi. U ham safforiylarning qarshiligini to‘htata olmaydi. Yaqub ibn Lays tomonidan asirga olinib, 876 yilda ozod qilinadi. Bir necha marta Xuroson noibi qilib tayinlanadi, lekin hech qanaqa siyosiy hayotga aralashmaydi.
Uning ukasi Xusayin Xorazm ketib qoladi. 874 yilda Buxoroni egallashga harakat qiladi. Lekin mag‘lub bo‘lib, Merverudga keladi. 876 yilda Yakub ustidan g‘alaba qozonib, Nishopurni egallaydi. 877 yilda Marvga chekinishga majbur bo‘ladi. Bu yerda bir qancha vaqt hukmronlik qiladi. Taxira II ning ukalari Bog‘doddagi harbiy boshliq lavozimlari bir qancha vaqt faoliyat yuritishadi. Ulardan biri Ubaydullo 913 yilgacha, ya’ni vafot etgunga qadar Xuzaa qabilasining boshlig‘i bo‘lib keladi.
Toxiriylar kelib chiqishi eroniy bo‘lgan birinchi musulmon sulolasi vakillari bo‘lishgan.
Toxiriylarning keyingi vakillari xalifa qaramog‘idan chiqishga intilmadi. Ular unga har yili boj to‘lab turishdi. Lekin Xuroson hududida mustaqil faoliyat yuritishgan. Ular dastavval xokimiyatni mustaxkamlashga va qishloq xujaligini tartibga solishga xarakat qiladilar. Dexqonchilik voxalarning suv ta’minotini yaxshilash uchun yangi kanallar qazdiradilar. Abul Abbos Abdulloxning topshirig‘i bilan Xurosonning bilimdon fikxshunoslari dexqonchilikda suv manbalaridan foydalanish tartiblari, suv taqsimoti va uning qonun-qoidalari xaqida risola yozib ma’muriyatga taqdim etadilar. Bu risola ikki asr mobaynida suvdan foydalanishda dexqonlar o‘rtasida ko‘tarilgan munozarali masalalarni xal etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Toxiriylar ayniqsa davlat boshqaruvi, fuqarolarga munosabat va soliq solish tartiblariga aloxida axamiyat beradilar. Toxir ibn Xusayn Abdulloxga yo‘llagan maktubida, na davlatmand va na o‘z yaqinlarini soliqlardan ozod etmasdan, fuqarolarning barchasiga adolat yuzasidan soliq solish xaqida o‘g‘liga ko‘rsatmalar beradi. Abdullox xam otasi maslaxatlariga amal qilib, mulkdorlar va davlat ma’murlarining mehnatkash ziroatchilarga nisbatan ko‘rsatgan o‘zboshimchaliklarini iloji boricha chegaralashga intiladi. U aholini va ularning mehnatini qadrlab, «Ollox mexnat axlining qo‘li bilan rizq-ro‘zimizni yetkazib beradi, tili bilan bizni olqishlaydi. Ularni ranj etishni taqiqlaydi», deb fuqarolarni himoya qiladi. Shubxasiz, bu bilan Abdullox mehnat axlinigina emas, balki umumdavlat manfaatini kuzda tutgan edi. Abdulloh davrida ilm va ma’rifatga ham e’tibor qaratilgan. Unga oddiy xalq ilm bilan shug‘ullanishi mumkin emas deb aytsalar, u fanga loyiq va loyiq emaslarni yuborish kerak, loyiq bo‘lmaganlar qo‘lida qolmaslik uchun fan o‘zi haqida qayg‘urishni yaxshi biladi” deb javob bergan. Abdullohning o‘zi olim bo‘lgan va shoir sifatida shuhrat qozongan. Uning siyosatidan norozi bo‘lgan xalifa al Mutasim, ochiq qarshi chiqa olmasdan, kanizakni uni zaharli chilim berib o‘ldirish uchun yuboradi. Lekin kanizak Nishopurga kelib, barcha sirdan Abdullohni xabardor qiladi.
845 yilda Xuroson noibligiga uning o‘g‘li Taxiru II tayinlanadi. U ham Xurosonda otasining siyosatini davom qildirib, shon-shuhratga ega bo‘ladi. Lekin uning hukmronligi davrida Seyiston ajradib chiqadi. Movarounnaxrda esa, Somoniylar sulolasi hukmronligi mustahkamlana boradi.
862 yilda noiblikni Toxirning yosh o‘g‘li egallaydi. Manbalarda u zaif hukmdor sifatida tilga olingan. Lekin u saxiy, bag‘rikeng, ulug‘vor bo‘lib, hashamatni yoqtirgan. Hokimiyat boshqaruvini do‘stlari va jiyanlariga topshirib qo‘yib, o‘zi ko‘ngilxushlik bilan shug‘ullangan.
861 yilda Seyistonda Yaqub as-Saffor, 864 yilda Tabaristonda shiit imomi Xasan ibn Zayd egallab, bir necha bor Xurosonga yurish qiladilar. 873 yilga kelib Yaqub as-Saffor Xurosonni egallaydi. Muhammadni asir olib, o‘zining qarorg‘ohida saqlaydi. 876 yilda xalifa uni ozod qiladi. Shundan so‘ng u Bog‘dodga ketib, saroyda o‘zining oldingi dabdabali hayotini davom qildiradi. Ularda ayniqsa «g‘oziylar» faollik kursatardilar. g‘oziylar kuchmanchilarxujumini daf etib turish maqsadida kungillilardan 60-yillarida Xurosonda g‘oziylarfaollitda xalq quzg‘oloni avj olib ketadi. kambag‘al hunarmand va yersiz zi-roatchilardan tuzilgan ko‘ngilli Unga aka-uka Yoqub va Amir ibn Lays miskarlar boshchilik qiladilar. Ular avval Seystonda xokimiyatni qo‘lga kiritadilar. 873 yilda toxiriylarning xarbiy qushiniga qaqshatqich zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada Xurosonda toxiriylar xukmronligi tugatilib, safforiylar davlati tashkil topadi. Mamlakatda sodir bulgan bunday siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng Movarounnaxr Xurosondan ajralib o‘z mustaqilligini to‘la tiklab olish imkoniga ega bo‘ladi.
Safforiylar sulolasi Seyistonda (Afg‘oniston va Eron xududlari) 861-900 yillarda hukmronlik qilgan. Ularning poytaxti Zaranj va Nishopur shaharlari bo‘lgan. Sulola asoschisi Yaqub ibn Lays as-Saffor (Saffor-misgar) bo‘lib, uning kelib chiqishi no’malum. Ba’zi manbalarda ularni misgarlar deb berilgan. Yaqub ibn Lays
Yaqub Seistonning Karnin qishlog‘idan bo‘lib,otasi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Misgarga shogird tushib, misgarlik kasbini egallagan. Uning ukasi Amr eshaklarni boqish bilan shug‘ullangan. Gardizi ma’lumotiga ko‘ra, ular bu ishlarini tashlab, firibgarlik va o‘g‘rilik qilib yurishgan, keyinchalik qaroqchilar safiga qo‘shilishgan. IX asrda Seyistonning chekka xududlarida ko‘plab davlatdan norozi bo‘lgan odamlar, turli diniy sekta vakillari, ayniqsa, xorijiylar to‘plangan. Ular ba’zida tolonchilik bilan shug‘ullanishgan va aholining noroziligiga sabab bo‘lgan.
Ularning tolonchilik hujumlariga qarshi Seyistonda mutaviylar (ko‘ngillilir) deb atalgan guruhlar paydo bo‘ladi. Ular g‘ayridinlarga qarshi kurash olib borganlar. IX asrning 40 –yillarida Yaqub shunday guruhni tashkil qiladi. U o‘zining kuchliligi va mardligi bilan shuhrat qozonib, Busta shahrida axolini qaroqchilarni himoya qiluvchi organning boshlig‘i qilib tayinlanadi.
Bu davrda Seyiston Toxiriylar hukmronligi ostida edi. 846 yilda Busta shaxrida Solix ibn Nasr xorijiylarga qarshi kurash olib boradi. Uni Zaranj va Busta shaxri aholisi qo‘llab quvvatlaydi. Solix xarbiy kuchlari orasida Yaqub ibn Lays qo‘shini alohida o‘ringa ega edi. Solix Seyistonda hokimiyatni qo‘lga olib, uni 13 yil boshqaradi. Bu davrda Yaqub uning lashkarboshisi bo‘lgan. 859 yilga kelib, Solix mag‘lubiyatga uchraydi va qochib ketadi. Noiblikni Dirxam ibn Nasr egallaydi. Lekin uni ko‘pchilik qo‘llab quvvatlamaydi. Yaqubning obro‘-e’tibori oshib borayotgaligini kuzatgan Dirxam uni o‘ldirishga harakat qiladi. Bundan xabardor bo‘lib yurgan Yaqub 861 yilda amirning tarafdorlarini yengib, hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi.
U o‘z hukmronligining olti yilini Seyistonni bo‘ysundirish bilan shug‘ulllandi. Yozma manbalarga ko‘ra, u kamgap, surovыy, vsegda ugryumыy, bo‘lib, mard jangchi bo‘lgan. Harbiy yurishlar paytida u boshiga qilich yoki bayroqni qo‘yib, yerda uxlagan. Ovqatlanishda ham piyoz va non bilan kifoyalanib qo‘ygan.Ularni etigining qo‘njida saqlagan. Yaqub ko‘ngilxushlilikni tan olmagan. Jangchilar orasida temir intizomni joriy etgan. Uning jangchilari undan qo‘rqishgan va hurmat qilishgan, chunki u saxiy va adolatli bo‘lgan. Har kuni ertalib, saroy oldida o‘tirgan. Kimning nimaga muhtojligi bo‘lsa, shariat qoidalariga asoslanib, hal qilgan.
Yaqub Seyiston ustidan hukmronligini o‘rnatgach, 867 yilda Hirot va Bushangni bosib oladi. 868 yilda Kirman xududiga bostirib borib, arab noibi Ali ibn Xusayinni yengadi. 869 yilda ularni Shiroz yonida batamom qirib tashlaydi. 870 yilda sharq tomonga yurib, Qobul va Bamiyyonni egallaydi. 872 yilda Balx va Toxoristonni egallaydi. 873 yilda Toxiriylarni yengib, o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Keyin kaspiy bo‘yida joylashgan Gurgan va Tabaristonni egallaydi. 875 yilda xalifa al-Mutamid uni tan olib, Xuroson, Seyiston, Tabariston, Kirman va Fors hududlariga amir qilib tayinlaydi. U Bog‘dodni egallashga harakat qiladi. U 876 yilda Iroqni va Vasitni bosib oladi. Lekin xalifa al-Muvaffakning akasi tomonidan yengiladi. Ikkinchi yurishi davomida vafot etadi.
Uning o‘rnini ukasi Amr egallaydi. Uning hukmronligi qo‘zg‘olonlarni bostirish bilan boshlanadi. 887 yilda al-Muvaffak sofforiylarni Forsdan chiqaradi. Amr xalifa bilan tinchlik shartnomasini imzolaydi. Bu davrda sofforiylarga qarshi harakat Movarounnhrda boshlangan edi. 898 yilda Ismoil Somoniy seyitonliklarni mag‘lub etadi. Ikki yildan so‘ng Amrning o‘zi boshchiligida qo‘shinlar O‘rta osiyoga hujum boshlaydilar. Balx yonida qattiq jang bo‘lib o‘tadi. 900 yilda Amr qurshovga tushib, asr olinadi.
Ismoil Amrni 10 mln.dirhamga evaziga ozod qilmoqchi edi, lekin bunday pulni u uchun hech kim to‘lamadi.Amir Bag‘dodga yuborilib, u yerda o‘limga hukm qilinadi. Uning o‘limidan keyin Sofforiylar davlati zaiflasha boshlaydi.
20-mavzu: Somoniylar davlati. (2 soat)
Reja:
Somoniylar sulolasi tarixi
Somoniylar davlatining tashkil topishi.
Somoniylar davlat boshqaruvi va iqtisodiyoti
Dostları ilə paylaş: |