Didaktik vositalar Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska - Hitachi, LCDmonitor, elektron ko'rsatgich (ukazka).Video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar. Kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proyektor, DVD- diskovod, Web-kamera, video-ko'z (glazok).
“Umumiy pedagogika” fanidan talabalar bilimini baholash mezonlari: “Umumiy pedagogika” fani bo’yicha nazorat turi, shakli, soni xamda xar bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e'lon qilinadi. Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
• oraliq nazorat (ON) - semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini oz ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat har bir fan xususiyatidan kelib chiqqan holda ikki martagacha o’tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turini o’tkazish shakli va muddati fanning va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi;
• yakuniy nazorat (YaN) - semestr yakunida tegishli fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash usuli. Yakuniy nazoratni o’tkazish shakli fan bo’yicha kafedra tomonidan belgilanadi.
«Umumiy pedagogika» fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 5 baholik tizimda baholanadi.
I.NAZORAT TURI JADVALI