Ko'rgazmali usullar. Ko'rgazmali usullarni umumiy yaqqollik, pedagogik tamoyil bilan aralashtirish kerak emas. Darsni ko'rgazmali-usullar bilan o'tkazganda ko'rgazmali qurollarga yordamchi emas, balki asosiy o'rin beriladi.
Amaliy usullar. Psixologiya fanida qo'llaniladigan ilmiy tadqiqotlar usuli bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki, ilmiy psixologik tadqiqotlarda qo'llaniladigan ko'plab usullar ichida, eng ko'p qo'llaniladigani aynan kuzatish va tajriba hisoblanadi, ya'ni narsa va hodisalar inson psixikasini bevosita laboratoriya va tabiiy sharoitlarda o'rganish bilan bog'liq usul hisoblanadi.
Kuzatish — bu hodisalar berilishiga aralashmay turib, psixik jarayonlarni tabiiy sharoitlarda maqsadga muvofiq bevosita his etib qabul qilishdan iborat.
O'quvchilar kuzatishni ko'chada, uyda va darsda shu bilan birga kuzatishni o'quvchilar bevosita o'qituvchi rahbarligi ostida, mustaqil, og'zaki yoki yozma topshiriqlar bo'yicha olib borishlari mumkin.
Psixologik fan sohasida ilmiy tadqiqot vazifalarining va maktabda psixologiya o'qitishning turlicha bo'lishiga qaramasdan (psixika va ongning yangi faktlari va qonuniyatlarini ochish) maktabda (kollej, litseyda) psixologiyadan dars o'tish usullari o'quvchilarni ilmiy tadqiqot metodikasi boshlanishi bilan tanishtirishi yaqqol ko'rinib turadi. Shuningdek, kuzatishlar ularni amalga oshirish muddati bilan ikki guruhga ajratiladi.
Qisqa vaqt va uzoq vaqt davom ctadigan usullar. Qisqa vaqtlilari to'laligicha darsga qaratiladi va tarqatiigan materiallar bilan bajariladi. Uzoq vaqtlilari darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi, lekin ularning olib borilishi va natijalari darsda namoyish etiladi. Bu jarayonda o'z-o'zini kuzatish muhim rol o'ynaydi. Tajriba ham qisqa vaqtli va uzoq davom etadigan ko'rinishda bo'ladi. Tajriba ishlarini o'quvchilar odatda, mashg'ulotlardan tashqari vaqtda olib boradilar. O'quvchilar uylarida oddiy tajriba o'tkazishdan boshlab tajribalar olib borishga, bog'chada, maktabda yanada murakkabroq va uzoq davom etadiganlariga tayyorlanib boradilar.
Psixologiyani o'qitish usulini tanlash tasodifiy ixtiyoriy bo'lishi mumkin emas. Uni ikki muhim pedagogik talablarga rioya qilib amalga oshiriladi: birinchidan, o'quv materiali; ikkinchidan o'quvchilar yosh va psixologik xususiyatlari hisobga olinadi. Psixologiyadan dars o'tishda idrok etish faoliyati turlari va fikrlash shakllarini yo'naltirish maqsadida o'qitishning ko'p ko'rinishli usullaridan foydalanish zarurdir. Hozirgi zamonaviy faol o'qitish usullarida ko'rsatilgan fikrlash turlarini shakllantirishni boshqarish maqsadida foydalanish uchun eng qiziqarli bo'lgan uchta usulini ko'rsatamiz. Bular dasturlashtirilgan o'qitish, muammoli o'qitish va interaktiv (kommunikativ) o'qitish usullaridir. Bu usullar ishlab chiqilishi va tarqalishi tarixiga to'xtalib o'tirmay, ularning har biri an'anaviy o'qitish usullarining cheklanmaganligini va yangi «faol» usullar bilan yaratiladigan to'siqlarni yengib o'tishga urinish sifatida paydo bo'lganligini ta'kidlash mumkin. Masalan, dasturlashgan o'qitish metodlari an'anaviy o'qitishning maqsad, vazifalarni yechish usullarini, rag'batlantirish shaklini va darsni bilishini nazorat qilishni aniqlash va operatsiyalashtirishni hisobiga qayta tashkil etishni ko'zda tutgan. Muammoli o'qitish usuli o'qitish jarayonining dasturlashtirish metodlari yo'nalishida haddan tashqari rasmiylashtirishga ma'lum miqdorda javob bergan. Bu metodlar, dasturlashtirish aspektiga emas, balki o'quvchi shaxsi tushib qolgan vaziyatga e'tibor beriladi. Ularni tashkil etilishi va boshqarish markazida o'quvchining muammoli vaziyatda ishtirok etishi hisobiga ular fikrlash faoliyati sababi va usullarini qidiradilar. Interaktiv o'qitish usullari bilimlarni inson o'zaro munosabatlari va aloqalarini tashkil etish yordamida o'zlashtirish jarayonini boshqarish usullariga murojaat etadi. Shu bilan o'qitishni boshqaruv markaziga o'qitilayotgan odamning o'zini, uning o'quv jarayonining boshqa real ishtirokchilari bilan o'zaro aloqalarini qamrab oladi. O'qitish — bu ijtimoiy, jamoatchilik jarayoni boiib, juda individual emasligini tan olgan holda qo'yilishi dastlabki qadam bo'ldi.
Bu usullardan har bin o'ziga xos harakatlar yig'indisi yaratilib, ular bilan o'quvchilarning idrok etish faoliyatini rivojlantirish jarayonini boshqarish vositasi sifatida usul mazmuni ifoda etiladi va uning ta'sir chegaralari belgilanadi.
Dasturlashtirilgan o'qitish metodlari tizimi - bu dasturning dozalashtirilgan qadamidir. Muammoli o'qitishning algoritmi — muammoli vaziyat va uning turlari, evristik dasturlar va boshqalardan iborat. Interaktiv o'qitish - jamoa bo'lib bahslashish, o'quv — rolli o'yinlar, dialoglar ssenariysi va muammoni jamoa bo'lib birgalikda hal etishda poliloglar (o'zaro munosabatlarni bosqich va davrini ko'rsatib) masalani birgalikda hal etuvchilar o'rtasida («mozgovoy shturm» misollaridan bin) o'zaro munosabatdan iboratdir. Muammoni jamoa bo'lib hal etish algoritmi, evristika va ssenariysi, ularning har birini qo'llanilishi doirasiga mosligini hisobga olgan tizimidagina o'qitishni boshqarish maqsadida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ko'p turli usullari sifatida qaralishi kerak. Rasmiy va norasmiy fikrlashni shakllantirish uchun faqatgina algoritmlar kamlik qiladi va aksincha, oddiy ko'nikmaga o'qitish uchun murakkab evristika mos kelmaydi. Muammoni jamoa bo'lib hal etish esa «vaziyatni hal etish» va intuitsiyani yuzaga keltirish vazifasiga mos keladi.
Birgalikdagi o'quv faoliyatining umumiy xususiyatlari shaxsni tubdan o'zgartirish hisoblanib, shaxsning rivojlanish qonuniyatlarini qayta qurish o'zlashtirilgan mazmuniga munosabati sifatida, o'zlashtirilgan o'zaro aloqalar ham qadriyatli ko'rsatmalar, ma'noli yo'nalishlar, o'qitish maqsadi va o'qitish ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar usullarini o'zida ifoda etiladi.
Shaxsning holatlardagi o'zgarishi faoliyatni o'zlashtirishning yangi bosqichiga va o'quvchi talabalar bilan o'zaro aloqalarning yangi shakllariga o'tishiga sabab bo'ladi. O'quvchilar, talabalar idrok etish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi usullar orasida o'quv — rolli o'yin alohida o'rin tutadi. Bu tushunchaning mohiyati bo'yicha o'quvchilar, talabalar tomonidan shartli ravishda va o'quv maqsadida odamlarning haqiqiy faoliyatlarini qayta takrorlash (o'xshatish) dan iborat bo'ladi. O'quv — rolli metodni boshqa usullardan farq qiluvchi muhim belgisi, unda har bir o'quvchining jamoa bo'lib — o'yna-layotgan sujetning ma'lum rolini qabul qilib olib va bajarishi yo'li bilan haqiqiy vaziyatni qayta tashkil etish, amalga oshirilish jarayoni hisoblanadi.
O'quv — rolli o'yinda quyidagi amaliy mahoratlar shakllantiriladi:
Mustaqil bilimlarni egallash mahorati.
Masalani yechishdagi evristik, shu jumladan, umumiy mahoratlari.
Sinflarda aniq — fan masalalarini mustaqil yechish mahorati.
O'quv — rolli o'yinda o'quvchilarda ilgari salbiy yoki spetsefik munosabat uyg'otgan nazariy qoidalar (qonunlar, qoidalar, tushunchalar) yaxshi o'zlashtiriladi. O'quv — rolli o'yinning xususiyati unda masalani yechish jarayonini jamoaviy xarakterdaligi ko'zda tutiladi. Natijada, shunday namunalarda o'qitish uchun sharoit yaratiladiki, bunda bo'sh o'quvchilar kuchliroq o'quvchilarni kuzatadilar va o'zlari ham ularning namunalari bo'yicha harakat qiladilar. Rolli — o'yinda o'quvchilarga javob aloqasi ahamiyatli bo'ladi, unda ular haqiqiy hayotda odamlar o'zlarining qilmishlari oqibatlari haqida qanday qilib bilib olishlarini tasawur qiladilar va bilib oladilar. Buning natijasida o'quvchilarni o'z-o'zini boshqarish asosida o'qitish imkoniyati yuzaga keladi.
O'quv — rolli o'yinlarning samaraliligini uning ishtirokchilarining o'yin paytida masalani hal etishda faolliklari keskin o'sib borishi, ishtirokchilarning faolligini o'sishi manbayi esa savollarning kuchliligi hisoblanadi.