Pedagogika



Yüklə 131,73 Kb.
səhifə4/14
tarix10.05.2022
ölçüsü131,73 Kb.
#57286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 5224732594943300522

3. KURS ISHINING MAZMUNI
“Pedagogika nazariyasi va tarixit” fani bo’yicha kurs ishi mazmuni uning mavzusidan kelib chiqib belgilanadi. Kurs ishi 3 qismdan, ya’ni kirish, asosiy qism hamda xulosa va takliflardan iborat bo’ladi. Kurs ishi rejasi rahbar tomonidan tuzib beriladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Kirish qismida tanlangan kurs ishi mavzusining dolzarbligi va iqtisodiyotdagi ahamiyati, aniq sharoitlarda bu masalaning ko’rilishi va yechimining o’ziga xos jihatlari asoslab beriladi. SHuningdek, kirishda kurs ishining maqsad va vazifalari aniq ko’rsatiladi.

Kurs ishining asosiy qismida o’rganilayotgan mavzuning nazariy va uslubiy asoslari ochib beriladi, kadrlar tayyorlashdagi kasbiy-malakaviy o’zgarishlar, kasb ta’limi jarayoni, bozor munosabatlariga o’tishda, iqtisodiy islohotlar sharoitida kasbiy ta’limni rivojlantirish va takomillashtirishga oid vazifalar, tanlangan mavzuning umumnazariy masalalari ko’rib chiqiladi. Kurs ishida amaliy ma’lumotlardan foydalanilgan muassasa (tashkiloti)ga tashkiliy-iqtisodiy tavfsifnoma beriladi, tanlangan mavzuga oid barcha nazariy bilimlardan, iqtisodiy-statistik va matematik metodlardan foydalangan holda amaliy faoliyati iqtisodiy tahlil kilinadi.

Iqtisodiy ko’rsatkichlar ro’yxati, tahliliy o’rganish davri, tahlil qilish shakllari va jadvallari, iqtisodiy matematik modellari rahbar bilan kelishiladi.

Jadvallarning barcha hisob-kitob materiallari tashkiliy ishlardagi kamchiliklarni ochib tashlashga va foydalanilmayotgan manbalarni ko’rsatib berishga imkon beruvchi xulosalar bilan tugallanishi lozim.

Asosiy qism o’rganilgan mavzudagi tashkiliy ishlarni takomillashtirish va tashkilot yoki muassasa samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar bilan tugallanadi.

Xulosa va takliflarda o’tkazilgan tadqiqotga qisqacha yakun yasalib, tanlangan kurs ishi mavzusi yo’nalishlariga muvofiq holda kasbiy faoliyatini tashkil etish va pedagogik jarayonlarini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish bo’yicha aniq takliflar bayon etiladi.

Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil holda mantiqiy jihatdan savodli uslubda yozilgan bo’lishi kerak. Ko’p so’zli bayonnomalarga, shuningdek o’quv qo’llanmalari va iqtisodiy adabiyotlardan ko’chirib - yozishga ruxsat etilmaydi.



Yüklə 131,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin