Pedagogika


KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH



Yüklə 131,73 Kb.
səhifə7/14
tarix10.05.2022
ölçüsü131,73 Kb.
#57286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
2 5224732594943300522

6. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishini bajarish jarayonida to’plangan va qayta ishlangan ma’lumotlar aniq, tartibli va hakkoniy bo’lishi kerak. Materiallar bo’yichi mantiqiy izchil, jumla tuzilishlari qisqa va aniq, mavhumlik va qaytariqlar bo’lmasligi, xulosalar isbotlangan va tavfsiyanomalar asoslangan bo’lishi kerak.

Kurs ishining alohida bilimlarini yozish talablariqkuyiroqda ko’rsatib o’tiladi.

Kurs ishi muqovasi 2-ilovada ko’rsatilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Mundarija kurs ishining qismlarini, betlarning raqamlanish tartibini o’zida ifoda etadi «Kirish», Xulosa va takliflar bo’limlarini istisno etgan holda barcha savollar, arab raqamlari bilan raqamlanishi kerak. (3-ilova).

Kurs ishi betlari ketma-ket raqamlanishi lozim: birinchi betning o’ng tomonidagi yuqori burchakka arab raqami qo’yiladi. Muqova varag’iga tartib raqami qo’yilmaydi. Agar kurs ishida rasmlar, jadvallar bo’lsa, ularni umumiy raqamlanishga qo’shish kerak. Ilovalar va adabiyotlar ro’yxati ham ketma-ket raqamlanishga qo’shiladi.

Adabiyotlar ro’yxati foydalanilgan barcha manbalarni alfavit tartibi bo’yicha o’zida jamlaydi. (4-ilova).

Ilova kurs ishining oxirida beriladi. Har bir ilova yangi betdan boshlanadi, sahifaning o’ng tomonidan yuqori burchagida “Ilova” degan so’z yozib qo’yiladi. Har qaysi ilova sarlavhaga ega bo’lishi kerak Mabodo kurs ishida ikki va undan ziyod ilova bo’lsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi, masalan: «1-ilova», «2- ilova» va hokazo. Ishda illyustratsiyalar ularning mazmuniga karab belgilanadi va bayon kilinayotgan matnda aniqlik kiritish uchun yetarlicha bo’lishi kerak. Barcha illyustratsiyalar (chizmalar, diagrammalar, eskizlar va hokazolar) rasmlar deb nomlanadi. Rasmlar arab raqamlari bilan ketma-ket raqamlanadi. Ular bevosita kurs ishi matni qayd etilgan joyda yoki keyingi betda, yo bo’lmasa qayd etilgan sahifaga yaqinroq joyda joylashtirilishi lozim.

Raqamli ma’lumotlarni jadval tarzida ifodalash tavfsiya etiladi. Har bir jadval o’z mazmunidan kelib chiqib nomlanishi va tegishli jadval tepasida. Jadval so’zidan kuyida yozilishi kerak.

«Jadval» so’zi botiq harflar bilan sahifaning o’ng tomonida yoziladi. Sarlavhani ajratib ko’rsatishning hojati yo’q.

Jadval matnda birinchi marta eslatilgandan keyinroq joylashtirilgani ma’qul. Jadval keyingi sahifaga ko’chiriladigan bo’lsa, ustun raqamlanadi va bu raqamlanish keyingi betda takrorlanadi. Jadvallar ham xuddi rasmlar kabi arab raqamlari bilan «1-jadval», «2-jadval» deb raqamlanadi. Matnda jadval quyidagicha kayd etiladi: )-jadval.

Formulalar chizma yozuv bilan aniq yozilishi kerak. Bevosita formula ostida belgilar va son darajalari tushuntirish ma’nosiga qarab, ular formulada qanday berilgan bo’lsa, shu tartibda berilishi lozim. Har bir belgi va son darajasining ma’nosi yangi so’z qatoridan beriladi.

Matnda keltirilgan ma’lumotlar manbasi tartib raqami bo’yicha adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatib o’tiladi.

Kurs ishini yozayotganda, adabiy manbalardan, ko’rsatmalardan, idoraviy ma’lumotlardan ko’chirish, shuningdek umum nutqida qabul qilinmagan so’zlarni, iboralarni, atamalarni ishlatish ta’qiqlanadi.

Kurs ishini yozib tugatgach, uni savollarining o’zaro bog’lanishiga va bayon etilish usuliga (adabiy tiliga) alohida e’tibor bergan holda kayta o’kib chiqish kerak. Ko’pincha qayta o’qilishda ilgari bilinmagan xatolarga, qaytariqlarga, qarama-qarshi fikrlarga, noto’g’ri tanlangan qiyoslashlarga va hokazolarga duch kelinadi. Ayniqsa formulalarni, raqamlarni, ko’chirmalarni, biografik yozuvlarni dastlabki manbalar bo’yicha diqqat bilan tekshirib chiqish talab etiladi. Zarurat tug’ilganda qo’lyozmani to’ldirib, maromiga yetkazish lozim.

Kurs ishi hajmi qo’lyozma matnda 40-50 betni tashkil etishi kerak. Matn tushunarli husnixatda, tuzatishlarsiz, yozuv kog’ozining bir tomoniga yozilishi kerak.

Har bir betda: chap tomondan - 3 sm, o’ng tomonidan – 1,5 sm, yuqoridan va pastdan - 2 sm ochiq joy kolishi kerak. Kurs ishi rejasidagn savollarning nomlari kurs ishining tegishli joylarida sarlavha sifatida takrorlanishi lozim. Yozib tugallangan bitiruv ishiga talaba va ilmiy rahbar tomonidan imzo kuyiladi.



Yüklə 131,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin