2. KURS ISHIGA MAVZU TANLASH
Kafedrada kurs ishi mavzulari va ularning taxminiy rejalari ishlab chiqilgan. Shunga asoslanib, talaba oldingi ishlarni bajarishdagi tajribalarini, o’z ilmiy manfaatlarini va shaxsiy imkoniyatini hisobga olib, mustaqil ravishda kurs ishi uchun mavzu tanlaydi. Tanlangan mavzu kasbiy pedagogik faoliyatini tashkil etish muammolari bo’yicha ilgari bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarining davomiyligini ta’minlashi kerak.
Talaba kurs ishi uchun mavzu tanlab bo’lgach, uni bajarishga ruxsat berishni so’rab kafedra mudiri nomiga ariza yozadi. Arizada kurs ishi mavzusining nomlanishi aniq ifodalanadi va tadqiqot o’tkazilib, olingan materiallar hisobiga kurs ishi yoziladigan o’quv muassasasi nomi aniq ko’rsatiladi (1-ilova).
Kafedra arizani kurib chiqadi va kurs ishi mavzusini talabaga berkitish to’g’risida qaror qabul qiladi hamda ilmiy rahbarni tayinlaydi.
Dostları ilə paylaş: |