Pedagogika


KURS ISHIGA TAQRIZ YOZISH VA HIMOYA QILISH



Yüklə 131,73 Kb.
səhifə8/14
tarix10.05.2022
ölçüsü131,73 Kb.
#57286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2 5224732594943300522

7. KURS ISHIGA TAQRIZ YOZISH VA HIMOYA QILISH

Yozib tugallangan va rahbar tomonidan ma’qullangan, muqovalangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga topshiriladi va taqriz qilinadi.

Kurs ishi taqrizida ishning ilmiy darajasiga, amaliy tavfsiyanomalarning asoslanganligiga va ularning ahamiyatiga baho berilishi, yo’l qo’yilgan mavjud kamchiliklar ko’rsatilishi va talaba mahorati baholanishi lozim. (5-ilova).

Kurs ishini himoya qilishga tayyorgarlik paytida talaba bajarilgan mavzu mohiyati bo’yicha qisqacha so’zga chiqish matnini yozib olishi, so’zga chiqishi uchun zarur bo’ladigan illyustratsiya materiallarini tayyorlab qo’yishi, taqriz mazmuni bilan tanishib chiqishi va taqrizchi e’tirozlariga javob tayyorlagan bo’lishi kerak. Kurs ishi himoyasiga 3-4 ta jadval tayyorlash talab etiladi

Kurs ishi himoyasi komissiyasining ochiq majlisida himoya qilinadi. 10-15 daqiqa mobaynida talaba kurs ishining asosiy jihatlarini bayon etadi, tadqiqotning eng muhim jihatlarini izohlab beradi, taklif va xulosalarni aytadi, savollarga javob beradi.

Kurs ishini himoyasi komissiyasi himoya natijasi va ilmiy rahbarning taqrizini hisobga olgan holda besh balli sistema bo’yicha baholaydi.



Yüklə 131,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin