Pedagogikada an’anaviy integratsiyaning talqin qilishlik


Pedagogika fani bugungi kunda ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#163376
1   2   3
22 PEDAGOGIKADA AN’ANAVIY INTEGRATSIYANING TALQIN QILISHLIK

Pedagogika fani bugungi kunda ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning albatta, ob‘ektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo‘lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy qarashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo‘lgan. Demak ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogika fani zamonaviy tus ola boshlaydi. Bizning zamonaviy pedagogikamiz bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.
Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘llarimiz, milliy g‘oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o‘z ta‘limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab oldik. Prezidentimizning ma‘naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga etkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati ustivor masala ekanligi bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma‘naviy yodgorliklar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilinadigan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ushbu maqsad yoritib berilgan. Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham etuk, yuksak malakali, ma‘naviyatli, ma‘rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta‘lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta‘lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlarini va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim. Har biri turli variantlarda bo‘lsagina, maqsadga to‘g‘ri xizmat qila oladi.
O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta‘lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan.
Pedagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo‘llaniladi. An‘anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin