1-amaliy mashg‘ulot. PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI
«Pedagogika- tarbiya haqidagi ta’limot, tarbiyalash san’ati, tarbiya insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika tarbiya va ta’lim sohasiga tegishli bilimlar yig‘indisi»;
«Tarbiya- shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; inson- ning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’gan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi».
Demak, tarbiya - ijtimoiy hodisa bo‘lib, insonning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadri- yatdir. Tarbiya insoniyat bilan birga paydo bo’ib, usiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham faoliyat ko‘rsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat bo‘lib, u avloddan avlodga o‘tib boraveradi.
Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish ko‘zda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ezgulik, go‘zallik, yaxshilik, adolatga nisbatan qarash va ko‘nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi.
Ta’lim- ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalar ni shakllantirishdagi ikki yoqlama (ya’ni, o‘qituvchi va o‘quvchi fao- liyati) jarayon bo‘lib, u kishini shaxs sifatida hayotga va inehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’iimning boshlang‘ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchi- ni o‘qitishdan iborat. Shuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish vazifasini ham bajaradi.
0‘qitish tushunchasi insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir.
0‘qitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi.