Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshi- ruvchisi. demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ongli faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o‘z 0‘rni bor. shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va hosil qilin- gan xususiyatlar: organizmning anato’ik tuzilishi, faoliyat va xatti- harakatlarning miqdoriy va sifat o‘zgarishi jarayonidir. Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo’gan biologik xusu- siyat va o‘xshashliklarning nasi (bola)ga o‘tish jarayoni. Muhit - bu shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi voqea- hodisalar majmuyi. «muhit» tushunchasi o‘ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro’uhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.
5-topshiriq: savollarga javob bering:
«Shaxs» tushunchasiga ta ’rif bering.
«Shaxsning rivojlanishi» deganda nimani tushunasiz?
Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy o’illar nimadan iborat?
Shaxsning shakllanishiga muhit qanday ta 'sir ko ‘rsatadi?
5. Shaxsning rivojlanishida tarbiyaning rolini tushuntiring. Bola shaxsining yosh davrlari qanday guruhlarga bo 'linadi?
Nima uchun o'smirlik davrini «bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri» deyiladi?