o’quvchilarning individual ishlashini tashkil tashkil etishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish va tushuntirib berish – 1,5 ball;
har bir o’quvchining kichik guruhlarda ishlashini tashkil etishga doir topshiriqlarni ishlab chiqish va tushuntirib berish – 1 ball;
Eslatma: (har bir mashg’ulot uchun maksimal 2,5 ball).
1-amaliy mashg‘ulot: PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI. SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarning pedagogikaning o‘quv predmeti sifatidagi asosiy rivojlanish davrlari to'g'risdagi bilimlarini kengaytirish, pedagogika fanlar rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar haqida ma'lumot berish va ularning qilgan ishlari to'g'risidagi tasavvurlarini rivojlantirish.
Mashg’ulot rejasi: Kadrlar tayyorlash milliy modelining mazmuni va pedagogika fani rivoji.
Asosiy pedagogik kategoriyalar.
Pedagogik jarayon.
Tarbiya nazariyasi. Tarbiya nazariyasining vujudga kelish tarixi va Markaziy Osiyo mutafakkirlarining shaxs tarbiyasi haqidagi qarashlari.
Ta’lim nazariyasi. Oliy ta’limda ta’limning tashkiliy shakllari.
Umumiy ma'lumot: Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya, o‘qitish, ma’liimot) haqida lavhalar.
Pedagogika - tarbiyaning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan- dir, pedagogika - yunoncha, pais - bola, agogos- yetaklasli - bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarining o‘zgarib borishi natijasida pedagogika (bolanito‘g‘rihayotgaboshlashsan’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh muammosi tarbiyadir.
Inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda, qadriyatnomalarda, yozma yodgorliklarda, xalq og‘zaki ijodida, ilohiy va muqaddas kitoblar da asoslab berilgan bo‘lsa. Keyinchalik mustaqil fan tarzida o'z mavqeyini mustahkamladi.
Pedagogika fani ta’riflari to‘g‘risida har xil qarashlar mavjud.