Tarbiya tarkibida bolalar va yoshlar tashkilotlari
O’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish
4-topshiriq. Kichik guruhlarda ishlash. Kichik guruhlarga bo’lining va o’zingizga taklif etilgan mavzu bilan bo’g’liqlikda qo’llash talab etilgan mavzuda taqdimot tayyorlang. 1-guruh uchun. “Ta’lim metodlari” mavzusida “Erkin yozish” metodini qo’llash.
2-guruh uchun. “Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida” mavzusida “Klaster” grafik organayzerini qo’llash.
3-guruh uchun. “O’quvchilfr jamoasi – tarbiya obyekti va subyekti sifatida” mavzusida “Aqliy hujum” metodini qo’llash.
4-guruh uchun. “Barkamol shaxsning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi” mavzusida “B-B-B” chizmasini qo’llash.
SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH METODLARI
Mavzuning maqsadi: Shaxs, individ, barkamol shaxs, o'quvchilarning yosh davrlari to‘g‘risida ma’lumot berish hamda ularda dunyoqarash, axloq, inti- zo’ni shakllantirish. Mavzuning vazifalari:
Shaxs va individ tarbiya jarayonini obyekti va subyekti ekanli- gi, shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatla- rini yoritish;
Shaxsni kamol toptirishda ta’sir etuvchi o’illarning rolini ko‘rsatish;
Shaxs shakllanishini yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo'lish;
Barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy asoslarini ko'rsatish.
Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salo’atlik, ta'lim-tarbiya, shaxsning rivojlanishi, shaxsni rivojlantiruvchi o’illar, ta’lim-tarbiya. Reja: Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
Shaxs tushunchasining mazmuni va mohiyati.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta`sir kuchi.
Shaxs fazilatlarini to’g’ri aniqlash va bexato baholash munosabatlar.
Barkamol shaxsni shakllantirish mezonlari.
Umumiy ma'lumot: Individ va shaxs haqida tushuncha.Shaxs - tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillarhaqida lavhalar. Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ hisobla- nadi. «individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida», «yagona» ma'nolarini anglatadi. Individ bio- logik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishidaharakato‘zigaxos o’il sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyin- chalik reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning to’onidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlab- ki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qizi- qishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, meh- nat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo’ib. Mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo’adi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi. Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakl- lanishidan boshlanadi. Shaxs no’ini olish uchun nimalar kerak? — degan savolning tug'ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga ayla- nishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining tako’illashib borishi odamning rivojlanishi, shaxs sifatida namoyon bo’lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har to’onlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan o’il- larni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va aha- miyatini ham o‘rganishi lozim. Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini ishlatdik. Endi ush- bu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilay- lik. Rivojlanish - shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning tako’illashuvini namoyon etadigan jarayon bo‘lib, bunday xislat- lar tug‘ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo‘ladi. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysinadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yosh- lar anato’iyasi fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysinadi. Bulardan tashqari odamning barkamol inson bo‘lib shakllanishi- da aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlari- ning kamol topishi asoslarida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahami- yatga egadir. Ma’lumki, inson hayoti davo’ida jismoniy va ruhiy jihatdan o‘z- garib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida, bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.