Pedagogikasi



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/79
tarix20.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#145832
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Tez aytishlar 
- xalq og‘zaki ijodining juda qiziqarli janrlaridan 
bo‘lib, m a’lum so‘z, so‘z birikmasi yoki tovushni to‘g ‘ri talaffuz 
qilishga, xotirani mustahkamlashga va nutqni o ‘stirishga mo‘ljallangan. 
Quyidagi misollarni tez aytishga urinib ko ‘ringchi:
■ Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.
■ Namanganda usta Muso puch pistafurushning oltmish uch pud 
pistasi bor ekan. Oltmish uch pud puch pistasi bo‘lsa ham o ‘sha usta 
Muso puch pistafurush, oltmish uch pud pistasi b o im asa ham o ‘sha usta 
Muso puch pistafurush.
■ 0 ‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko'k qalamda 
chizmoqchi.
■ Qurilishga terak kerak, demak terak ekish kerak.
■ Oydinga oynadan oldin oy mo‘raladi, keyin Oydinga oynadan 
oyisi m o‘raladi.
■ Saharlab shahardan hasharga bordim, shahardan hasharga saharlab 
bordim.
■ Haskash hashakni hash-pash deguncha haskashlaydi.
■ Zang bosganga rang yuqmas, rang yuqqani zang bilmas.
■ Kishmish yegan kishining tishi qamashmasmish.
Masai 
- arabcha «namuna» so‘zidan olingan, unda voqelik 
0
‘simlik, hayvon, ba’zan inson obrazlari orqali tasvirlanadi. Masai 
ta’limiy-tarbiyaviy mazmunga ega boMgan, ko‘proq maishiy-axloqiy, 
ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi kichik hikoyachalardan iborat. Ko‘proq 
achchiq kesatiq, piching ustun keladi.
40


Askiya - arabcha «zakiy» so‘zining ko‘plik shakli «askiyo» so‘zi- 
dan oiingan bo‘lib, «zehni o ‘tkir, so‘zamol, zakovatli» m a’nolarini bildi- 
radi. Askiya ommaviy janr hisoblanadi, odatda xalq sayillarida, to‘ylar- 
da va boshqa marosimlarda ijro etiladi, hozirjavoblik, ziyraklik va do- 
nishmandlikni, til boyligini, badiiy estetik didni talab qiladi. Askiyada 
tanlab oiingan mavzu atrofida kulgu uyg‘otiladi. Dunyodagi birorta 
xalqda og'zaki ijodning askiya turi yo‘q. Bu hoi o ‘zbek tilining boyligi, 
ifoda imkoniyatlarining ko‘pligi, ta’bi nozik va serzavqligidan dalolat 
beradi.

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin