4. Diniy ta ’limotlar.
5. Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi.
6. Milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati.
7. Tasviriy san’at.
8. Tarixiy yodgorliklar va milliy m e’morchilik.
9. Xalq raqs san’ati (xoreografiyasi).
10. 0 ‘rta Osiyo va o‘zbek xalqi mutafakkirlarining asarlari.
Xalq pedagogikasi manbalari
1. 0 ‘zbek xala og‘zaki iiodi
Xalqimiz o ‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki
ijod merosini yaratgan. Xalq og‘zaki ijodi qadim zamonlardan buyon
xalq pedagogikasining tarbiya vositalaridan biri bo‘lib kelgan.
0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari, jumladan,
afsonalar,
asotirlar, rivoyatlar, ertaklar, naqllar, latifalar, loflar,
xilma-xil
qo‘shiqlar, allalar, termalar, maqollar,
matallar, topishmoqlar, dostonlar,
askiyalar, aytishuvlar, tez aytishlaming
tarbiyaviy imkoniyatlari
cheksizdir. Barkamol shaxsni shakllantirishning
hamma tarkibiy
qismlari, ya’ni aqliy, axloqiy, jismoniy mehnat,
nafosat tarbiyasiga oid
11
ajoyib m a’lumotlar o ‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida o ‘z
ifodasini topgan.
2. Milliv urf-odatlar. an’analar va marosimlar.
Milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar zamirida katta tarbiyaviy
imkoniyatlar mavjud, zero ularning barchasi
ajdodlarimizdan qolgan
madaniy meros sanaladi. Milliy to‘ylar, ommaviy bayram - sayllar,
sharqona va turkona an’analar, hayit bayramlarida xalqimizning o ‘ziga
xosligi yorqin aks etadi.
Dostları ilə paylaş: