«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o’z navbatida umumiy ta’lim lasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga o’tilishiga zamin yaratadi1.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
SHaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
SHaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. SHaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi lozim.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni isloh qilish yo’nalishlari ham aniq ko’ratib berilgan. Mazkur yo’nalishlar sirasiga quyidagilar kiradi: kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining turlarini rivojlantirish; ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish; ta’lim dasturlarini tubdan o’zgartirish; majburiy o’rta umumiy ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tilishini ta’minlash;