“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022 60 2. Radioelektronikada
3. Kemasozlikda
4. Qurilishda
5. Elektrotexnikada
6. Issiqxonalarda
7. Turli xil mahsulotlarni ixcham, qulay va chiroyli o‘rash uchun
8. Tibbiyotda
9. Uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda
10.
Suv va gaz o‘tkazguvchi trubalar
11.
Turli xil o‘lchamdagi plyonkalar
12.
Penoplastlar
13.
Organik shishalar
14.
Issiqlikka, turli hil muhitga chidamli materiallar
15.
Hozirgi kunda xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalari
Sintetik YMB va polimer materiallar polimerlanish reaksiyalarida,
sopolimerlanish reaksiyalari, polikondensatsiya reaksiyalari orqali olinadi, bu
reaksiyalaming borishi uchun dastlabki modda molekulasi kamida ikkita boshqa
molekula bilan ta’sirlasha olishi kerak. Polimerlanish va sopolimerlanish
reaksiyasiga kirishayotgan moddalar (etilen, propilen, stirol, butadiyen va b.)
molekulasida qo‘shbog‘ mavjud bo‘lib, qo‘shbog‘ning bittasi uzilish hisobiga
boshqa molekulalar bilan bog‘ hosil qilish imkonini beruvchi ikkita valent bog‘ hosil
bo‘ladi.
Polimerlanish reaksiyalari erkin radikal mexanizmi bo‘yicha boradi. Erkin radikal
hosil qilish uchun dastavval monomerga biroz miqdorda boshqa modda- reaksiya initsiatori qo‘shiladi. Initsiator molekulalari monomer molekulasi bilan beqaror
oraliq modda hosil qiladi va u oson parchalanib, erkin radikal (R-) hosil qiladi.
Radikal monomer molekulasi bilan uchrashganda erkin elektron p-bog‘ga ta’sir
ko‘rsatadi va uning bitta elektroni bilan juft hosil qiladi. Radikal va monomer