“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022 59 sistematik
nomenklaturadan
foydalaniladi.ularni,
polimerizatlar
yoki
polikondensatlar deb ham atash mumkin.
Polimerlar quyi molekulyar birikmalarga o‘xshab aniq temperaturada emas,
balki malum temperatura oralig‘ida suyuqlanadi.Bazi polimerlar umuman
suyuqlanmaydi. Polimerlar haydalmaydi, kam eruvchan,.ularning eritmalari katta
qovushqoqlikka ega. Polimerlar mexanik jihatdan yuqori mustahkamligi bilan
ajralib turadi. Bularning barchasi polimerlar tuzilishining o‘ziga xosligi bilan
izohlanadi.
Moddani suyuqlantirish uchun qizdirib, uning molekulalari orasidagi
tortishish kuchini engish kerak. YMBlarda makromolekulalar bir-biri bilan ko‘p
sonli bog‘lar orqali tortilib turadi va bu tortishish kuchlarini engish ko‘p energiya
sarf qilish kerak bo‘ladi. Polimerlanish darajasi ayni polimer molekulalari uchun
doimiy kattalik bo‘lmagani bois molekulaning massasi har xil, shuning uchun
qizdirilganda, avval kichik massali molekulalarning harakatchanligi ortadi, uzoq
vaqt qizdirishdan so‘ng katta makromolekulalar ham harakatchanlikka ega bo‘lib
boradi. SHu sababli YMBlar aniq suyuqlanish temperaturasiga ega emas. Haydash
uchun kuchli qizdirish kerak, shundagina polimer makromolekulalari uchuvchan
holga kelishi mumkin, lekin kuchli qizdirishda polimer molekulalari parchalanib
ketadi, haydash esa mumkin bo‘lmay qoladi.
Ko‘p polimerlarning kam eruvchanligi erituvchining kichik molekulalari
makromolekulalarni ajrata olmasligi bilan izohlanadi.
YMBlarni mexanik mustahkamligi malekulalararo kuchning kattaligi bilan
izohlanadi.
Hozirgi paytda polimerlardan tayyorlangan buyumlar xalq xo‘jaligining
deyarli barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Biz tabiiy kauchukdan tayyorlangan
rezina buyumlarni, paxta tolasidan to‘qilgan kiyim-kechaklarni, sintetik yo‘l bilan
olingan polietilendan yasalgan har xil buyumlarni juda yaxshi bilamiz.
Polimerlar ishlatilishi:
1. Mashinasozlikda