“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022 61 molekulasi orasida kovalent bog‘ hosil bo‘ladi. p-bog‘ning ikkinchi elektroni erkin
bo‘lib qoladi va hosil bo‘Igan zarra erkin radikal deb ataladi.
Etilenning polimerlanish reaksiyasi mexanizmini quyidagicha tasvirlash mumkin
(150 mPa bosim ostida):
R- + H,C=CH, -*» R:CH,:CH,- R:CH
2
:CH
2
- + CH
2
::CH
2
R:CH
2
:CH
2
:CH
2
:CH
2
-
Reaksiyaga kislorod initsiatorlik qiladi. Zanjir uzilguncha (ikkita radikal birlashib
qolguncha) molekulalar bir-biriga bog‘lanib boradi. Natijada (-CH^-CH^-jn
polimeri hosil bo‘ladi.
Polikondensatsiya reaksiyasiga molekulasida ikkitadan kam bo‘lmagan funksional
guruh tutgan moddalar kirishadi. Bu funksional guruhlar har xil bo‘lishi mumkin
(aminokislotalardagi kabi -NH
2
, -COOH guruhlar, etilenglikol molekulasidagidek
bir xil -OH guruhlar, dikarbon kislotalar molekulasidagidek bir xil -COOH guruhlar
bo‘lishi mumkin). Polikondensatsiya reaksiyalarida o‘zaro ta’sirlasha oluvchi
funksional guruhlar orasida bog‘ hosil bo‘ladi va albatta makromolekula bilan bir
qatorda quyi molekular modda hosil bo‘ladi:
HOOC-(CH
2
)
n
-COOH + HO-(CH
2
)
2
-OH + HOOC-(CH
2
)-COOH + ... -*» H00C-
(CH
2
)
n
-C0-0-(CH
2
)
2
-00C-(CH
2
)-CO-... + nH
2
0
Plastmassalar. Plastmassalar ishlab chiqarilish hajmi jihatidan polimer materiallar
orasida birinchi o‘rinda turadi.
• Plastik massalar (plastmassalar, plastiklar) - tabiiy yoki sintetik polimerlar
(smolalar) asosidagi materiallar bo‘lib, buyum shaklini tayyorlashda yumshoq
qovushoq holatda, buyumdan foydalanganda shishasimon holatda bo‘ladi.
Plastmassalar tarkibiga polimerlardan tashqaii unga alohida xususiyatlar beravchi
boshqa qo‘shimchalar ham kiradi. Bunday qo‘shimchalar quyidagilar:
• Plastmassalar narxini kamaytirish va mexanik mustahkamligini oshirish
imkonini beravchi - to‘ldirgichlar (yog‘och uni, gazlama, asbest, shisha tola va
b.).
• Materialning elastikligini oshiravchi va sinuvchanligini kamaytiruvchi -
plastifikatorlar (yuqori haroratlarda qaynovchi murakkab efirlar).