“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-1, November - 2022 60 xalq xo’jaligi ob'ektlarining suv bosishiga sabab bo’lmoqda. Bu holat esa qishloq
xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning sho’rlanishiga, hosildorlikning kamayishiga,
yer osti suvlarining ko’tarilishiga olib kelmoqda.
Hozirgi paytda respublikamizda, qolaversa viloyatda ham suv muammosi
dolzarb. Bu muammo asosan aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, sug`oriladigan
yer maydonlari sho’rlanishining oldini olish, yer osti suvlari sathini me'yorda saqlab
qolish, Aydarko’l tabiiy-texnogen ob'ektidagi suv hajmini ko’paytirmaslik kabilar
bilan baholanadi. Lekin bu kabi muammolar viloyatda o’z yechimini topmaganligi
sababli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqazo qiladi.
Viloyatning tabiiy sharoiti tahlili shuni ko’rsatadiki, suv resurslari asosan tog’ va
tog’oldi zonalarida tarqalgan bo’lib, oqar suvlar asosan qishloq xo’jaligida
foydalaniladigan yerlarni sug’orish uchun ishlatiladi.
Demak, viloyat hududining ekologik sharoitiga Orol dengizining qurishi va inson
faoliyati ta'sirida vujudga kelgan hamda uning shimoli-g`arbiy qismida joylashgan
tabiiy-texnogen ko’llar kuchli ta'sir ko’rsatadi. Bundan tashqari viloyat Qizilqum va
Mirzacho’lga yaqin joylashganligi sababli changli shamollar ham viloyat ekologik
sharoitiga sezilarli ta'sir ko’rsatadi.
Jizzax viloyati tog’ oldi va tog’li hududlari Turkiston tizma tog’larining shimoliy
yon bag’irlarida ohaktoshlardan tarkib topgan joylarini o’z ichiga oladi. Hududning
dengiz sathidan balandligi shimolda 1000 m bo’lsa, janubida esa 30-40 metrga yetadi.
Turkiston tizmasidan shimoliy-g’arbga qarab Morguzar tog’lari ajralib chiqqan bo’lib,
ana shu tog’ etaklarida viloyatning tog’ oldi va tog’li hududlarining asosiy qismi
joylashgan. Morguzar tog’lari G’o’ralash dovoni (2500m) dan Sangzor daryosi
darasigacha cho’zilib boradi.Daraning g’arb tomonida Nurota tog’lari davom etadi. Bu
ikkala tog’ orasidagi Sangzor darasi “Temurlang ” yoki “Ilon o’tdi” darvozasi deb
ataladi.
Morguzar tog’lari platoga o’xshash keng, yon bag’irlari esa qiya tekisliklarga
o’xshaydi, uning ayniqsa shimoliy-sharqiy yon bag’rida do’ng tekisliklar va adirlar
bor. Tog’ning o’rta, ayniqsa sharqiy qismi baland, sirtlari tor va qoyalidir. Hududda
joylashgan tog’larning eng baland nuqtalari Shovqartog’ (4030m), Qoburg’on
(3925m), Iskandar (3324m), Chandir (3220m), Beshkent (3248m), G’o’ralash (3321m)
kabilardir.
Morguzar tog’laridan janubda unga parallel holda geografik kenglik bo’ylab 70
km.ga cho’zilib ketgan va tepalari 3400m. dan oshiq bo’lgan Chumqor tog’lari ham
Turkiston tog’larining janubiy-g’arbiy tarmoqlaridandir. Bu tog’lar Zarafshon va
Sangzor daryolarining suvayirg’ichi hisoblanadi. Chumqor tog’lari g’arbda baland
tekisliklarga (700-800) aylanib tugaydi, ammo shimoliy-g’arbdagi chekka qismi 1000-
1600 m balandlikdagi G’obdun tog’i joylashgandir. Chumqortog’ va G’obduntog’
orasida yoysimon qumoq jinslardan tarkib topgan balandligi 700-800 m bo’lgan