“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-1, November - 2022 59 Bozorxonim (3401m), Burgutli (3108), Oybadam (2624m) dovonlari, tizmaning suv
ayirg’ich qismidan 67
0
30' shq.u. gacha davom etadi.
Viloyatning g’arbiy chegarasi shimoldan janubga Aydarko’lni kesib o’tadi va
Nurota tog’oldi tekisliklari orqali Nurota, Qaroqchitog’ (1101 m), Go’bdintog’
(1672m) va Turkiston tizmasigacha davom etadi.
Viloyat hududi yaxlit tabiiy-geografik birlikda joylashmagan, uning hududi
Qizilqum, Mirzacho’l, Zarafshon tabiiy-geografik o’lkalarining ma'lum qismlarini o’z
ichiga oladi, shuning uchun uning landshaft-ekologik sharoiti xilma-xil va
murakkabligi bilan ajralib turadi.
Jizzax viloyati janub va janubi-sharqda Tojikiston davlati bilan, janubi-g`arb va
g`arbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, shimol va shimoli-sharqda Qozog`iston davlati
va sharqda Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Viloyat chegaralarining umumiy
uzunligi 760 km dan ortiq bo’lib, Qozog`iston davlati bilan 200 km, Tojikiston davlati
bilan 190 km, Samarqand viloyati bilan 195 km, Sirdaryo viloyati bilan 100 km,
Navoiy viloyati bilan 85 km dan ortiqroq masofani tashkil etadi.
Viloyat iqtisodiy-geografik jiqatdan ancha qulay joylashganligi bilan ajralib
turadi. Viloyatdan respublikamizning sharqiy viloyatlari Farg`ona, Andijon,
Namangan, Toshkent hamda g`arbiy viloyatlari Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm,
Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek janubiy viloyatlar: Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlarini bir-biri bilan bog`lab turuvchi asosiy yo’llar o’tgan.
Shu bilan birga viloyat hududidan respublikamizning turli viloyatlari hamda horij
davlatlarini bog`lab turuvchi yirik xalqaro avtomobil va temir yo’llarning o’tganligi
viloyatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Viloyat respublikamizning
yirik sanoat markazlari Toshkent, Farg`ona, Samarqand kabi iqtisodiy rivojlangan
hududlar oralig`ida joylashganligi ham alohida ahamiyatga egadir.
Viloyat hududi Turkiston, Molguzar, Nurota tog’ tizmalari, tog’oldi mintaqalari,
cho’l va tekisliklardan iborat. Tog’ tizmalarining shimoli-g`arbiy, shimoliy yon
bag`irlarida archazorlar va o’tloqlar joylashgan. Bu joylarda katta ilmiy-amaliy
ahamiyatga ega bo’lgan qo’riqxonalar (Zomin tog’-archazor qo’riqxonasi, Nurota tog’-
yong`oqzor qo’riqxonasi), milliy bog` (Zomin milliy bog`i) va buyurtmalar (Arnasoy
buyurtmasi) joylashganligi ahamiyatlidir.
Viloyat ekologik holatining buzilishiga asosan antropogen omillar ta'sir
ko’rsatmoqda. Ayniqsa, viloyatda aholi sonining tez sur'atlarda o’sishi, urbanizatsiya
darajasi, shaharlar, sanoat korxonalari hamda avtomobillarning ko’payishi, turli xil
qurilishlar tufayli havoga chang, zaharli gazlar, qurum, tutun va qattiq zarrachalar
chiqarilishi oqibatida atrof-muhit ifloslanib bormoqda. Viloyat hududida joylashgan
inson faoliyati ta'sirida vujudga kelgan Aydarko’l - Arnasoy - Tuzkon ko’llar tizimi
viloyat landshaft-ekologik sharoitini o’zgartirib yubormoqda. Bunda viloyatning
shimoliy qismidagi sug’oriladigan erlarning va yaylovlarning kamayishiga, ko’pgina