“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-1, December - 2022 113 xilma-xil mavzularda juda ko‘p maqollar beriladi. O‘quvchilar maqollarni o‘qib,
o‘qilgan asarning axloqiy muammosi bilan, hayotiy sharoit bilan bog‘laydilar, ularning
majoziy mazmunini, ayrim so‘z va iboralarniig ma’nosini tushuntiradilar. Natijada
o‘rni bilan maqollardan foydalana boshlaydilar.
Maqollar o‘qilgan asarning xulosasi sifatida ishlatilib, ko‘pgina asarlarning
mazmunini tushunib olishga yordam beradi.
Kuzatishlarimizdan shunday xulosaga kеldikki, dеyarli barcha maqollarda,
birinchi navbatda, bola tarbiyasi — odob yotar ekan. E’tibor bеring:
„Avval salom, ba’daz kalom“, „Avval o‘yla, kеyin so‘y la“, „Bola aziz —
odobi undan aziz“, „Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan“, „Odob bozorda
sotilmas“, „Odobning boshi til“, „Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l“,
„Yaxshi xulq kishining husni“, „Ustozingga tik qarasang, to‘zasan, hurmat qilsang,
asta-sеkin o‘zasan“, „To‘g‘ri o‘zar, egri to‘zar“. Bunday iboratomuz maqollar
ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin.
Maqollarni o‘rgatish o‘qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir
darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g‘oyaga mos
maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Maqollarni
o‘rganishda ko‘rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, ta’lim-
tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o‘rganishda quyidagi ish
turlaridan foydalaniladi:
1. Maqolni o‘qib, uning mazmuni ustida ishlash.
2. Maqoldagi so‘zlaming ma’nosini izohlash.
3. Badiiy til vositalari ustida ishlash.
4. Maqolni yod oldirish.
5. Maqol matnidagi qarama-qarshi ma’noli va ma’nodosh so‘zlarni aniqlash
va ularning maqolda ifoda etilgan g‘oya bilan aloqasini ochish.
6. Matn mazmuni va g‘oyasiga mos maqol toptirish.
7. Maqollarni mavzular bo‘yicha guruhlash.
Masalan, maqollar xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri sifatida o‘zining qadimiyligi,
milliyligi, tarbiyaviy ta’sirchanligi bilan insoniyat barkamolligini ta’minlashda muhim
o‘rin tutadi. Maqollar mazmuni va mavzu doirasining nihoyatda serqirraligini nazarda
tutib, uning tarbiyaviy imkoniyatlaridan kengroq foydalanish mumkin.
O`quvchilar bilan dars jarayonida maqollar bilan ishlashda tarbiyaviy imkoniyati
“Vatan va vatanparvarlik, vatanga muhabbat”, “Insonparvarlik”, “Ilm va hunar”,
“Hushyorlik va ehtiyotkorlik”, “Yaxshi so‘z”, “Maqtanchoqlik va manmanlik”,
“Ochko‘zlik va baxillik”, “Pand-nasihatlar” kabi mavzularga doir maqollarga ajratib
chiqinglar degan topshiriqlarni berish orqali ular qanchalik darajada maqollar
mazmunini bilishligini bilib olamiz. Bunda o`quvchilarga guruhlarga bo`lgan holda
maqollar beriladi, guruh a’zolari esa ushbu tartibda maqollarni mavzuga mos ravishda
ajratib chiqishlari kerak.