“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix22.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#159565
1   2   3   4   5   6   7
155-160

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-30, Issue-1, March - 2023
 
156
Ta’limiy diktant
larni o‘tkazish vaqtini, o‘rnini, turini o‘qituvchining o‘zi 
belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), 
ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o‘quvchilar bilimini mustahkamlash 
maqsadida 
o‘tkaziladi. 
Ta’limiy 
diktantda 
o‘qituvchi 
o‘quvchilarga 
o‘rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib 
tushuntiradi, o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni 
yozishga ruxsat beradi. Har qanday yo‘l bilan xatoning oldini olish chorasi 
ko‘riladi. Masalan, 1-sinfda 
a
va 
o
unlilari o‘rganilayotgan darsda bo‘g‘in- tovush, 
tovush-harf tahlili o‘tkaziladi. 
Baho, bahor 
so‘zlarining birinchi bo‘g‘inida 
a
harfi 
yozilishini o‘quvchilar bilib olgach, o‘quvchilardan biri shu so‘zlarni xattaxtaga 
yozadi. So‘ng so‘z o‘chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi. 
Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
1.
Ta’kidiy diktant. 
2.
O‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 
3.
Izohli diktant. 
4.
Saylanma diktant. 
5.
Erkin diktant. 
6.
Rasm diktant. 
7.
Lug‘at diktant. 
8.
Ijodiy diktant. 
Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o‘zgarishlar 
bilan yoziladi. 
Tekshiruv diktant
ida yaqinda yoki ilgari o‘rganilib, mashqlar bilan 
mustahkamlangan qoidalarni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganliklari 
aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng yoki chorak 
oxirida o‘tkaziladi. Tekshiruv diktanti o‘quv yili davomida 5-6 marta o‘tkaziladi. 
Diktantning bu turida yo‘l qo‘yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf 
qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy 
ahamiyati katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan 
foydalaniladi. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin