“pedagogs” international research journal issn



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#159565
1   2   3   4   5   6   7
155-160

Saylanma diktantda 
o‘quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning 
hammasini yozmaydilar. Uning o‘qituvchining topshirig‘iga mos qisminigina 
(o‘rganilgan qoida asosida yoziladigan so‘zlarni, so‘z birikmalarini) yozadilar. 
Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so‘zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich 
kelishigidagi so‘zni u bog‘langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so‘zni u 
bog‘langan fe’l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o‘quvchilarda 
imloviy ziyraklikni o‘stiradi. 
Erkin diktant
da o‘quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini 
o‘zgartirish, bir so‘zni unga yaqin ma’noli so‘z bilan almashtiri
sh 
erkinligi 
beriladi. Diktant uchun 3-5 qismli matn tanlanadi. O‘qituvchi avval matnni bir 
marta ifodali o‘qib beradi, so‘ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkazadi. 
Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o‘qib beriladi, 
o‘quvchilar uning mazmunini yozadilar. 
Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, 
o‘quvchilar nutqini o‘stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. 
Rasm diktant 
predmet rasmini yoki o‘zini ko‘rsatib o‘tkaziladi: predmet 
rasmi ko‘rsatiladi, o‘quvchilar uning nomini aytadilar va yozib vergul qo‘yadilar, 
ish shunday davom etadi (Birinchi so‘z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko‘ra 
yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda 
o‘
rganilgan qoidani, ayniqsa, o‘quv yili 
davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarni to‘g‘ri yozishni puxtalash
Shuningdek, ularni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganliklarini sinash maqsadi 
ko‘zda tutiladi. 
O‘qituvchi darsning maqsadi va malakani shakllantirish ustida ishlash 
bosqichini hisobga olgan holda, diktantning barcha turlaridan izchillik bilan 
foydalanadi. 
Bayon o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirishga 
qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik 
mavzularni o‘rganishning yakunlovchi bosqichida, o‘quvchilar qoidalarni bilib 
olib, uni tatbiq qilishga o‘rganganlaridan so‘ngo‘tkaziladi. Bayon yozganda 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin