“pedagogs” international research journal issn



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix22.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#159565
  1   2   3   4   5   6   7
155-160



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-30, Issue-1, March - 2023
 
155
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIKTANT TURLARI VA 
UNI O‘TKAZISH METODIKASI 
 
To’laganova Zebiniso Rustamovna 
27-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida yozma ish 
turlari va uni o‘tkazish metodikasi, ta’limiy va tekshiruv diktantlarining farqli 
tomonlari, ta’limiy diktantning tarkibiy tuzilishi, uzviylashtirilgan davlat ta’lim 
standartlari va
o‘quvdasturi
bo‘yicha diktantga qo‘yiladigan talablar 
haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 
Kalit so’zlar:
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida diktant turlari va uni o‘tkazish 
metodikasi, ta’limiy va tekshiruv diktantlarining farqli tomonlari, ta’limiy diktantning 
tarkibiy tuzilishi, uzviylashtirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi bo‘yicha 
diktantga qo‘yiladigan talablar.
 
Diktant 
eshitib idrok qilingan so‘z, gap, matnni yozishdir. O‘quvchilarning 
og‘zaki yozma nutqini o‘stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning 
ahamiyati katta. O‘quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat 
qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay 
darajada o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o‘z navbatida 
grammatik qoidalarni ham bilish zarur. 
Boshlang‘ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga 
rioya qilish zarur: 
1.
Matnning monologik nutq shaklida bo‘lishi. Unda ko‘chirma gaplar, 
undalmali, kirish so‘zli, ajratilgan bo‘lakli gaplar, qo‘shma gap bo‘lmasligi lozim. 
2.
Matn hajmi 1-4-sinf o‘quvchilarining o‘qish sur’tiga asoslangan bo‘lishi. 
3.
Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lishi. 
4.
Diktant matni o‘quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi. 
5.
Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi, bolalar 
hissiyotiga ta’sir qilishi. 
6.
Matn tarbiyalovchi xarakterda bo‘lishi. 
7.
Matnda o‘rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi. 
Diktantlar maqsadiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
1.
Ta’limiy diktantlar
- bilim berishga yo‘naltirilgan diktantlar. 
2.
Tekshiruv diktantlari -
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini 
nazorat qilishga qaratilgan diktantlar. 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin