Saylanma diktantda o‘quvchilar diktovka qilingan gaplar yoki matnning
hammasini yozmaydilar. Uning o‘qituvchining topshirig‘iga mos qisminigina
(o‘rganilgan qoida asosida yoziladigan so‘zlarni, so‘z birikmalarini) yozadilar.
Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so‘zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich
kelishigidagi so‘zni u bog‘langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so‘zni u
bog‘langan fe’l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o‘quvchilarda
imloviy ziyraklikni o‘stiradi.
Erkin diktant da o‘quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini
o‘zgartirish, bir so‘zni unga yaqin ma’noli so‘z bilan almashtiri
sh erkinligi
beriladi. Diktant uchun 3-5 qismli matn tanlanadi. O‘qituvchi avval matnni bir
marta ifodali o‘qib beradi, so‘ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkazadi.
Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o‘qib beriladi,
o‘quvchilar uning mazmunini yozadilar.
Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga,
o‘quvchilar nutqini o‘stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Rasm diktant predmet rasmini yoki o‘zini ko‘rsatib o‘tkaziladi: predmet
rasmi ko‘rsatiladi, o‘quvchilar uning nomini aytadilar va yozib vergul qo‘yadilar,
ish shunday davom etadi (Birinchi so‘z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko‘ra
yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda
o‘ rganilgan qoidani, ayniqsa, o‘quv yili
davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarni to‘g‘ri yozishni puxtalash,
Shuningdek, ularni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganliklarini sinash maqsadi
ko‘zda tutiladi.
O‘qituvchi darsning maqsadi va malakani shakllantirish ustida ishlash
bosqichini hisobga olgan holda, diktantning barcha turlaridan izchillik bilan
foydalanadi.
Bayon o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirishga
qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik
mavzularni o‘rganishning yakunlovchi bosqichida, o‘quvchilar qoidalarni bilib
olib, uni tatbiq qilishga o‘rganganlaridan so‘ngo‘tkaziladi. Bayon yozganda