“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix18.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#145207
1   2   3
23-25

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-21, Issue-1, November - 2022
 
24
yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini 
ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» 
yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va 
uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasbhunar turlari bilan 
tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, o‘z 
sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z 
hissangizni qo‘shasiz.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic 
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik 
tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. Menimcha, 
avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq.
«Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish 
maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo 
va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi.
Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - 
fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida 
e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan 
Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini 
«Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq 
hisoblayman.
Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, 
qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va 
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali 
kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, 
ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha 
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini 
shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy 
maqsadi 

o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida 
bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil 
amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan 
iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy 
vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va 
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda texnologik 
jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni 
boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; texnik 
va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin