“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-1, November - 2022 24 yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini
ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari»
yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va
uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasbhunar turlari bilan
tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, o‘z
sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z
hissangizni qo‘shasiz.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik
tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. Menimcha,
avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq.
«Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish
maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo
va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi.
Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» -
fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida
e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan
Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini
«Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq
hisoblayman.
Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni,
qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali
kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari,
ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini
shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy
maqsadi
- o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida
bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil
amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar
asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan
iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy
vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda texnologik
jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni
boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; texnik
va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va