PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022
5
Sof ko’makchilar lug’aviy ma’nosini yo’qotgan bo’lib, boshqa so’zlar
bilan
birikib kelgandagina turli munosabatlarni ifodalaydi. Boshqarish xususiyatiga ko’ra
sof ko’makchilar ikki guruhga bo’linadi: 1) bir xil kelishikdagi so’z bilan keluvchi
sof ko’makchilar, 2) turli kelishiklar bilan qo’llanuvchi sof ko’makchilar.
Sayin, uzra, orqali va boshqa ayrim sof ko’makchilar
bosh kelishikdagi otlar
bilan qo’llanadi: kun sayin, borgan sayin kabi. Bunda ular harakatning takrorlanishi,
davom etishi kabi ma’nolarni ifodalaydi. M-n: Ro’zg’ori
ham kun sayin but
bo’lyapti. (O.)
Orqali ko’makchisi vosita ma’nosini anglatadi: Xat pochta orqali olindi.
Tufayli ko‘makchisi sabab ma’nosini anglatadi: Sen tufayli ulug‘ martabali bo’ldi.
Yanglig‘, kabi ko’makchilari chog‘ishtirish, o’xshatish kabi ma’nolarni bildiradi:
Irodaning qilich kabi o’tkirdir dami. (O.) Sari o’rin, payt va yo’nalish kabi
ma’nolarni ifodalaydi. Ulg‘aygan sari, yaqinlashgan sari kabilar.
Turli kelishikdagi otlar bilan keluvchi sof ko‘makchilar bosh,
qaratqich,
jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadi. Bunday ko’makchilarga kabi,
singari, bilan, uchun, qadar ko’makchilari misoldir.
Kabi, singari ko’makchilari chog‘ishtirish, o’xshatish ma’nolarini anglatadi.
Bahor toshqini kabi extiroslar bilan keldi. (S.An.) Uning o’zi so’zi singari sof edi.
Bilan ko’makchisi vosita, sabab, maqsad, payt kabi ma’nolarni anglatadi.
Uning
birlan, birla, -ila, -la kabi shakllari she’riyatda qo’llanadi. Gap bilan va’da berma,
ish bilan ber. Tilak bilan kelgan, tong bilan uyg’ongan kabi.
Dostları ilə paylaş: