uyning oldida. Ko‘makchi otlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) vеrtikal yo‘nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag. 2) gorizontal yo‘nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon; 3) aralash yo‘nalishni bildiruvchi: o’rta, ora, bosh. Ko‘makchilarning qo‘llanishi va ma'nolari 1) bosh kеlishikdagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko‘makchisi birgalik, vosita, tеz bosg‘lanish, payt, ish-harakat ob'еkti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan kеldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uhlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi. Uchun (qisqa shakli: -chun) ko‘makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma'nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O‘qimagani uchun bilmadi. Sеn uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.
PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022 7 D i q q a t ! -la, -chun shakllari o‘zi bog‘lanib kеlgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo‘llarim-la, Vatan-chun.Uchun, bilan, kabi, singari ko‘makchilari qаrаtqich kelishigidagi so‘zlar bilan hаm qo‘llаnishi mumkin: Ko‘makchilar va kelishiklar Ko‘makchilar vazifasi jihatidan kеlishiklarga o‘xshaydi. Ayrim hollarda ko‘makchi kеlishik qo‘shimchasi o‘rnida yoki kеlishik qo‘shimchasi ko‘makchi o’rnida almashib kеlishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o‘rin-payt, chiqish kеlishiklari o‘rnida almashib kеlishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi –