PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-3, Issue-1, February–2022
168
Oila huquqi tizimi
Ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soluvchi oila huquqi qoidalari
betartib joylashtirilmasdan, ma’lum tizimga keltirilgan.
Oila huquqi – bu oila huquqi tuzilishi, uning muayyan
ketma-ketlikdagi alohida
institutlari va me’yorlari tarkibidir. Oila huquqi tizimi ob’ektiv ravishda tuzilib, oila
huquqi predmetiga kiradigan ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xosligini aks ettiradi,
hamda o‘zaro bog‘langan oilaviy-huquqiy institutlarning birligi va farqlanishida
namoyon bo‘ladi.
Huquqiy institut deganda turdosh va o‘zaro bog‘liq ijtimoiy munosabatlar
guruhlarini kompleks tartibga solinishini ta’minlovchi
alohidalashgan huquqiy
me’yorlar yig‘indisi tushuniladi. Huquqiy institutlarga mazmun jihatdan
turdoshlilik, tartibga solinishi bo‘yicha komplekslilik,
shuningdek huquqiy
alohidalilik xosdir.
Oila huquqi tizimi o‘z ichiga
umumiy
va
maxsus
qismlarni oladi.
Umumiy qism
oila huquqining maxsus qismidagi barcha institutlar uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan me’yorlardan iborat, jumladan oila huquqining asosiy
qoidalari
va vazifalari, oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar
doirasi va ushbu munosabatlar sub’ektlari va ob’ektlari, oila huquqi manbalari; oila-
viy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining qo‘llanilishi,
shuningdek oila to‘g‘risidagi va fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshashlik bo‘yicha
qo‘llanilishi; oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an’analarning
qo‘llanilishi (masalan, Oila kodeksi 1-9-moddalar).
Umumiy qismga oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni
bajarish
shartlarini, oilaviy huquqlarni himoya qilish tartibi va muddatlarini
o‘rnatuvchi me’yorlar kiradi (masalan, Oila kodeksi 10-11-moddalar).
Maxsus qism
bir necha institutlardan tashkil topgan bo‘lib, bu institutlarning har biri
ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Ular quyidagilardan
iborat:
- nikoh (nikoh
tuzish shartlari va tartibi, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy
emasligi);