7
O’quv
adabiyoti bilan
ishlashda darsliklar, o’quv
qo’llanmalarning
chop
etilgan
vaqtiga
alohida
ahamiyat
berish
zarur.
Chunki ularda bayon etilgan
ayrim masalalar,
keltirilgan
amaliy ma’lumotlar, amaliyot bilan bog’liq u yoki bu ko’rsatmalarga
asos bo’lgan me’yoriy materiallar eskirgan bo’lishi mumkin. Shu
sababli o’quv adabiyotlarini to’plashda eng yangi nashrlardan
(oxirgi 3-5 yillar ichida nashr etilgan) foydalanish, mustaqil
izlanishlar
asosida
tuzilgan adabiyotlar ro’yxatini esa kurs ishi
rahbari bilan birgalikda ko’rib chiqish va zarur bo’lsa, ilmiy
rahbarining tavsiyasi bilan to’ldirish lozim.
Talabalarga yaqindan yordam berish maqsadida mazkur
uslubiy qo’llanmaga kurs ishini bajarish bo’yicha
foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxati ilova qilingan (3-ilovaga qarang).
Dostları ilə paylaş: