8
bajarilishi kerak,
shunday ekan, rejada ham shu hajm doirasida
yoritib berish mumkin bo’lgan savollar qo’yilishi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, talabaning qiziqishlaridan, fikrlash
doirasining kengligidan, o’rganilgan o’quv adabiyotlari va amaliy
ma’lumotlarning ko’lamidan, talabaning ilmiy izlanishlarga bo’lgan
layoqatidan
kelib chiqqan holda, kurs ishi rejalari turli-tuman,
cheklanmagan variantlarda, ixtiyoriy talqinda bo’lishi mumkin.
Muhimi, ishlab chiqilgan reja tanlangan kurs ishi mavzusining
mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini to’la ochib berishi,
o’rganilgan muammo yuzasidan mustaqil xulosalarni shakllantirishga
xizmat qilishi kerak. Ushbu Ko’rsatmadan foydalanuvchilarga amaliy
yordam sifatida bir necha mavzu bo’yicha tuzilgan kurs ishi rejalari
namunalari qo’llanmaning 4-ilovasida keltirilgan.
IV. O’QUV ADABIYOTLARINI O’RGANISH VA AMALIY
MA’LUMOTLARNI TO’PLASH
Kurs ishi mavzusi bo’yicha reja tuzilgach
va ilmiy rahbar bilan
tuzilgan
reja
xususida
kelishib
olingach,
to’plangan
o’quv
adabiyotlarini yaqindan o’rganish va asosiy nazariy xulosalarni
konspektlashtirishga kirishish mumkin. Bu bosqichda talaba o’quv
adabiyotlaridan tegishli mavzularni chuqur va har tomonlama
o’rganishi va shu tariqa to’plagan bilimlarini kurs ishining rejasiga
asoslangan holda guruhlab olishi lozim. Talaba o’quv adabiyotining u
yoki bu bo’limini o’rganib chiqib, to’plangan ma’lumotlarni kurs
ishining qaysi paragrafida aks ettirishni o’ylab ko’rishi kerak. Bu ishni
avval kurs ishi bo’yicha tavsiya etilgan darsliklar va o’quv
qo’llanmalarni o’rganishdan boshlash maqsadga muvofiq, so’ng ilmiy
tadqiqot ishlari va amaliy qo’llanmalarni o’rganib chiqish mumkin.
Bundan
tashqari,
o’rganilayotgan
mavzuga
taalluqli
bo’lgan
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari,
ma’ruzalari, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, amaliyotda qo’llanilayotgan yo’riqnomalar va huquqiy-
me’yoriy hujjatlarni o’rganib chiqish va kurs ishining u yoki bu
savolini yoritishda ulardan foydalanish kurs ishini yozishga
qo’yiladigan asosiy talablardan hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston
Respublikasi Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Soliq
Kodeksi, har moliya yili uchun qabul qilinadigan “O’zbekiston
Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlari va davlat
byudjeti
parametrlari
to’g’risida”gi
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti qarorlari va boshqa qonuniy-huquqiy va me’yoriy
xujjatlarni tegishli tarzda o’rganib chiqish
va kurs ishini yozish
jarayonida ulardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga,
Prezident asarlari foydalanish, ularda belgilab berilgan vazifalarning
bajarilish darajasini mavzuga bog’lab o’rganish va kurs ishida
9
maqsadga muvofiq aks ettirish tavsiya etiladi.
Kurs ishida bahs-munozarali,
muammoli masalalarga alohida o’rin
ajratish kerak. Bu boradagi vazifa
shundan
iboratki,
turli
mualliflarning
u yoki bu iqtisodiy
kategoriya yoki iqtisodiy voqelik
xususidagi qarashlarini, ularning qay
tarzda asoslanayotganligini o’ylab
ko’rib, ishda to’g’ri aks ettirib, talaba bu boradagi o’z nuqtai-nazarini
bayon qilishi va asoslab berishi ayniqsa muhimdir. Bu maqsadlarda
vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalarni, ilmiy anjumanlarning
materiallarini,
shuningdek, iqtisodchi olimlarning mavzuga taalluqli
ilmiy monografiyalarini o’rganib chiqish lozim bo’ladi.
Iqtisodiy mavzuda bajarilgan kurs ishi, agar unda tegishli
amaliy, statistik ma’lumotlar keltirilmasa va ularning tegishli
tartibdagi tahlili berilmasa, bunday ishlar ijobiy baholanmaydi,
chunki, iqtisodiy jarayonlarning o’zgarish
qonuniyatlarini, o’sish
yoki sustlashish tendentsiyalarini, muayyan ko’rsatkichlarning
o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni faqat raqamlar orqali, ularni
solishtirish, baholash, monitoring va tahlil qilish orqali ko’rsatish
mumkin. Bu maqsadda statistik to’plamlar, iqtisodiy jurnallardagi
iqtisodiy jarayonlarning yillar va choraklar bo’yicha o’zgarishini
xususiyatlovchi statistik ko’rsatkichlardan, davlat organlarining
(masalan,
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona
qo’mitasi, Moliya vazirligi G’aznachiligi, Nazorat-taftish Bosh
boshqarmasi
kabi)
rasmiy
Internet-saytlaridagi
rasmiy
ma’lumotlaridan foydalanish va ularni jadvallar, diagrammalar,
grafiklar, chizmalar tarzida jamlab, kurs ishida aks ettirish lozim.
Shuningdek, mavzuga mos ravishda alohida olingan moliya va soliq
organlari,
moliya-soliq-byudjet
nazorati
tashkilotlari,
davlat
boshqaruvi idoralari va byudjet tashkilotlari va muassasalarining
hisobot ma’lumotlaridan
foydalanib, o’rganilayotgan sohaning yoki
byudjet mexanizmining alohida bir dastak-vositasining mohiyatini,
uning harakatini, samaradorlik darajasini ochib berish mumkin. Bu
ma’lumotlarni so’nggi 2-3 yil bo’yicha keltirish maqsadga muvofiq.
Agar tanlangan mavzu nazariy xususiyatga ega bo’lsa, keltirilgan
raqamli ma’lumotlar nazariy xulosalarning ishonarli ko’rgazmasi va
isboti bo’lib xizmat qilishi shubhasiz.
Dostları ilə paylaş: