10
manbalari, izlanishning ob’ekti, predmeti va amaliy ahamiyati aks
ettiriladi.
Mavzuning
dolzarbligini
yoritish, barcha ilmiy ishlar kabi,
kurs
ishi uchun ham majburiy
talabdir.
Talaba
mavzuni
tanlagan
ekan,
uning
ilmiy
salohiyati va nazariy jihatdan
tayyorgarligi,
albatta,
bu
mavzuning mazmunini tushunib
etishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay
olishi uchun etarli bo’lishi kerak. Mavzuning dolzarbligini yoritishda
quruq, asossiz gaplarga o’rin
bermaslik, gapni uzoqdan boshlab,
mavzuning mohiyatiga etib kelganda, xalq so’zi bilan aytganda “aravani
quruq obqochish”larga yo’l qo’ymaslik lozim.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti
asarlaridan, ma’ruzalaridan, shuningdek, xorijiy va milliy
iqtisodchi-olimlar asarlaridan mavzuga taalluqli bo’lgan fikrlarni keltirish
ayniqsa muhim.
Ishning kirish qismida kurs
ishi mavzusining dolzarbligi, maqsadi
o’zining aniq ifodasini topishi, ushbu maqsadga erishish yo’lida qo’yilgan
vazifalar aniq ko’rsatilishi kerak, chunki, kurs ishini baholashda qo’yilgan
maqsadga erishilganlik va belgilangan vazifalarning bajarilganlik
darajasiga baho beriladi. Kurs ishining kirish qismini ko’pi bilan 2-3 bet
hajmda yozish tavsiya etiladi.
Birinchi savol, odatda, o’rganilayotgan soha yoki iqtisodiy
kategoriyaning nazariy jihatlarini ochib berishga bag’ishlanadi. Unda
u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning
iqtisodiy mazmuni, uning
iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda tutgan o’rni, bozor iqtisodiyoti
sharoitida jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ko’rsatib beriladi. Biron-
bir iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini ochib berish – bu mazkur
kategoriyaning
mohiyati va zarurligi nimada, zamonaviy bozor
iqtisodiyotida u qanday o’rin egallaydi, uning rivojlanishining
ob’ektiv
omillari nimalardan iborat, qanday iqtisodiy-ijtimoiy
munosabatlarni aks ettiradi, ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi? –
degan savollarga javob berishdir. U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning
jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyatini aniq statistik
ma’lumotlar asosida ochib berish mumkin. Xususan, davlat
byudjetining mohiyatini ochib berishda:
–
davlat
byudjetining
iqtisodiy
kategoriya
sifatidagi
mazmunini yoritish, uning ob’ektiv zarurligini, funktsiyalarini
Dostları ilə paylaş: