Pensiya ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/40
tarix22.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#146937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida orta maxsus talim tizimi

61 
XULOSA VA TAKLIFLAR. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
63 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI . . . . . . . . . . . . . . .
66 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. 
O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning ma’naviy 
yangilanishi uchun, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
jahon hamjamiyatiga uyg‘unlashish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining 
72-Assambleyasida 
so’zlagan nutqida: “Bugungi kunda 
O’zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik 
an’analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga 
oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo’lidan 
bormoqdamiz. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda 
chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko’zlangan maqsad – “Inson 
manfaatlari hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga 
oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat 
barpo etishdan iborat”
1
ekanligini alohida ta’kidladilar. Haqiqatan ham, 
O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari har taraflama qo’llab-
quvvatlanib kelinmoqda. Ushbu holat jahon hamjamiyati tomonidan ham alohida 
e’tirof etilmoqda. 
Inson huquqlari va erkinliklari qatorida fuqarolarning ta’lim olish huquqi 
alohida o’rin egallaydi. Ijtimoiy sohaning muhim, aytish mumkinki, markaziy 
tarkibiy qismlaridan biri – bu ta’lim tizimidir. Ta’lim tizimining ahamiyatini 
mazkur soha faoliyatining uzoq muddatli davrda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni 
belgilab berishi orqali izohlash mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ham “Har kim 
bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan 
kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”
2
, degan konstitutsion norma 
belgilab qo’yilgan. 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so’zlagan nutqi. Xalq so’zi gazetasi. 20.09.2017. 
2
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 
2014-y., 16-son, 176-modda.



O’zbekiston Respublikasida 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”-
gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi mamla-
katimizda yoshlarga oid davlat siyosatining amaliy natijasi bo’ldi. Qonun va 
Dastur talablarini hayotga tatbiq etish ishlari mantiqiy uyg’unlikda uch bosqichda 
amalga oshirildi. Bu borada Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004-yildan 
boshlangan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi 
2009-yilga kelib amalda nihoyasiga etkazildi: 9 yillik umumta’lim maktab 
bosqichini va 3 yillik o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o’z ichiga olgan 
uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi; mamlakat yoshlariga umumiy ta’lim bilan 
birga, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo’lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim 
tizimiga o’tish yakunlandi. 
Lekin so’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, 
iqtisodiyot taraqqiyotining zamonaviy talablari, innovatsion iqtisodiyotni shakllan-
tirish va rivojlantirish zaruriyati, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining 
hayotimizga jadal kirib kelishi va boshqa shu kabi omillar ta’lim tizimining sifati 
va samaradorligi darajasiga alohida talablar qo’ymoqda, ta’limning barcha 
bosqichlari shakli va mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, tashkiliy-huquqiy, 
moddiy-texnikaviy, ilmiy-uslubiy va iqtisodiy-moliyaviy masalalarini tanqidiy 
o’rganib chiqish va konstruktiv o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu 
borada Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zining “Tanqidiy tahlil, 
qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo’lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzalarida “ta’lim va ilm-fan, 
davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy 
usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
sohasidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va 
mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini”
3
alohida 
ta’kidladilar. Ushbu ma’ruzada: “ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar 
kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir 
3
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar 
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. B. 23. 



hududning zarur mutaxassislarga bo’lgan talabini to’g’ri aniqlashni tanqidiy tahlil 
qilish”
4
o’rta maxsus ta’lim tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ekanligi 
ta’kidlandi. 2016-yilning yakunlariga bag’ishlangan bu ma’ruzada belgilab 
berilgan asosiy yo’nalishlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan qabul qilingan “2017-
2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da o’z ifodasini topdi. Xususan, 
Harakatlar strategiyasining 4.4-bo’limida ta'lim va fan sohasini rivojlantirish 
borasida “uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari 
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”
5
vazifalari belgilab berildi.
Shu bilan birga, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida uning sifati va samarasini 
oshirish bilan bir qatorda, tizimni moliyaviy ta’minlash muammolari ham 
islohotlarning markazida turgan masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim 
muassasalarini o’quvchi soniga qarab moliyalashtirish mexanizmlarining joriy 
qilinayotganligi ta’lim tizimining iqtisodiy jihatlari va moliyaviy muammolariga 
boshqacha yondoshuvlarni talab etadi. 
 
Mana shu holatlarni hisobga olgan holda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
davrida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining moliyaviy masalalarini 
o’rganishning zarurligi mazkur bitiruv-malakaviy ish mavzusining

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin