Farmoyish kundalik ma’muriy, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari bo‘yicha rahbar tomonidan yakka tartibda chiqariladigan huquqiy hujjat hisoblanadi. U joriy tezkor masalalar bo‘yicha qabul qilinishi sababli, amal qilish muddati odatda cheklangan bo‘ladi.
Farmoyishlarni chiqarishga xuddi buyruqlar chiqarish kabi talablar qo‘yiladi. Faqat mazkur hujjatda buyruqdagi „BUYURAMAN"so‘zi o‘rniga „ZIMMASIGA YUKLAYMAN", „TAVSIYA ETAMAN", „TAKLIF ETAMAN", „ZARUR DEB HISOBLAYMAN" so‘zlari ishlatiladi.
Farmoyish faqat farmoyish berish qismidan iborat bo‘lib, uning matni qoida buyicha quyidagilarni qamrab oladi:
Qaror ijtimoiy mehnat, ishlab chiqarish-kadr, xo‘jalik masalalari bo‘yicha qabul qilinadigan kollegial organ hujjatidir. Uni tuzish uchun talablar farmoyish hujjatlariga oid talablar kabi bo‘lib, faqat unda „QAROR QILINDI", „QAROR QILADILAR"so‘zlari ishlatiladi. Qaror kollegial organ rahbari va a’zolari yoki rahbar hamda kotib tomonidan imzolanadi.
Ma’lumot-axborot hujjatlarida topshiriqlar berilmaydi. Ularning asosiy vazifasi boshqaruv tizimidagi ishlarning amaddagi ahvolidan xabardor qilish, boshqaruv qarorlari qabul qilishga qaratilgan ma’lumotlarni taqdim etish, boshqaradigan va boshqariladigan tuzilmalar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Agar tashkiliy-farmoyish hujjatlari yuqoridan pastga yo‘naltirila-digan bo‘lsa, ma’lumot-axborot hujjatlari, aksincha pastdan yuqoriga (tarkibiy bo‘linmadan korxona yoki tashkilot rahbariyatiga) yoki gorizontal yo‘nalishda (tarkibiy bo‘linmalararo va xizmatlararo, mansabdor shaxslar o‘rtasida) harakatda bo‘ladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari asosan quyidagilardan iborat:
— xizmatyozishmasi;