Personalni strategik boshqarish



Yüklə 230,72 Kb.
səhifə15/37
tarix07.06.2023
ölçüsü230,72 Kb.
#126376
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Personalni strategik boshqarish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • X avlod
X avlod. (Generation X) “Tug‘ilish etishmovchilik” davridan keyin tug‘ilish ko‘rsatkichi keskin oshib ketdi, bu esa 1965 va 1976 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 49 milliondan ortiq insondan tashkil topgan boshqa avlodni dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu ta’limot muallifi Duglas Kouplend ularni X avlod (Generation X) deb


10 Philip Kotler., Gari Armstrong. “Prinsiples of marketing”2014.719p

ataydi, chunki ular demografik portlash soyasida dunyoga kelishgan va ularning bir- biridan ajratib turuvchi jihatlari yo‘q.


Ayrim vaziyatlarda X avlod o‘zidan oldingi demografik portlash avlodiga va o‘zidan keyingi Milleniallarga nisbatan unchalik sezilarli bo‘lmagan iste’molchilar guruhini tashkil etadi. SHunga qaramasdan, ular doim muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilishadi, boshqa guruh a’zolariga nisbatan kamroq boylik orttirishga tirishishadi; ular xarid qilingan narsani emas, balki tajribani ko‘proq qadrlashadi.
Aksariyat X avlod vakillari uchun oila – farzandlari hamda qari ota-onalari – muhimligi bo‘yicha birinchi o‘rinda, karera esa ikkinchi o‘rinda turadi. Marketing nuqtai nazaridan olganda, X avlod vakillari hamma narsaga shubha bilan qarashadi. Biror narsani xarid qilishdan oldin, ular mahsulotni yaxshilab o‘rganib chiqishadi, ularga miqdordan ko‘ra sifatni afzal ko‘rishadi va qoida hamda an’analarga zid bo‘lgan marketing xiylalarigauchishmaydi.
Internet asrida birinchilardan bo‘lib ulg‘aygan X avlod vakillari yangi texnologiyalarning foydali tomonlarini tezda o‘rganib oluvchi yuqori- kommunikatsiyalarni o‘zida aks ettirgan avlod hisoblanadi. Bu avlod vakillarining taxminan 40 foizi smartfonlardan va 11 foizi planshetlardan foydalanishadi. Internetdagi X avlod vakillarining 74 foizi Internetdan bank xizmatlari uchun, 72 foizi Internetdan o‘z ilmiy ishlari uchun, 72 foizi esa Internetdan kompaniya va mahsulotlar izlanishlari uchun foydalanishadi va yana 81 foizi Internetda xaridlarni amalga oshirishgan. Ularning to‘qson besh foizidan ko‘prog‘i Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega.
X avlod vakillari ulg‘ayishdi va endi ular boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishadi. Ular turmush demografik portlash vakillarining hayot tarzi, madaniyati va qadriyatlarini borgan sari chetga chiqarishmoqda. Ular karera pillapoyasida yuqoriga qarab harakat qilishmoqda va ularning ko‘pchiligi kattalashib borayotgan oilaning boshlig‘i hisoblanishadi. Ular hozirgi kungacha bo‘lgan avlodlar orasida eng o‘qimishli hisoblanishadi va juda yuqori yillik xarid qobiliyatiga egadirlar. Ular o‘rtacha xarajatlarga nisbatan uy xarajatlariga 62 foiz, kiyim-kechakka 50 foiz va ko‘ngilochar xizmatlarga 27 foizdan ko‘proq xarajat qilishadi. Lekin X avlod
vakillari demografik portlash davri vakillari kabi ortib borayotgan iqtisodiy bosimga duch kelishmoqda. Bu kunlarda hamma qatorida ular ham ehtiyotkorlik bilan xarajat qilishmoqda.
SHunga qaramasdan, ko‘pgina brend va tashkilotlar o‘z diqqatini bunday katta potensialga ega X avlod vakillariga qaratgan. Misol uchun,

Dairy Queen firmasi o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri X avlod vakillariga qaratgan, bunda kompaniyaning marketing shiorlari bu avlod vakillari oilaviy holati va hazil-mutoyibani tushunishiga mos ravishda tanlangan.



Yüklə 230,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin