Pirizdent asarlari


Prezident Islom Karimov Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə3/5
tarix24.03.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#89683
1   2   3   4   5
П.Асар

3. Prezident Islom Karimov Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Samarqand zamini xususida sо‘z yuritganda, biz uning qadimiyligi, dunyodagi eng kо‘hna о‘lkalar qatorida turishi, shu bilan birga, gо‘zal va betakror tabiati, umumbashariy sivilizatsiya rivojiga qо‘shgan beqiyos hissasi haqida, ulug‘ mutafakkir zotlar, olimu fuzalolar va jasur sarkardalar haqida gapirishimiz odat tusiga kirib qolgan, dedi Yurtboshimiz. Lekin bugun Samarqand vohasining ana shunday buyuk tarixini yana bir marta e’tirof etgan holda, viloyatning yer osti va yer usti boyliklari, uning ulkan salohiyati, bunday noyob imkoniyatlarni ishga solish va ularni el- yurtimiz manfaati yо‘lida oqilona ishlatish xususida fikr yuritishimiz ayni muddao bо‘ladi. Bunda, avvalambor, bu sohada qilayotgan ishlarimizga tanqidiy kо‘z bilan qarash va xolisona baho berish asosiy vazifamiz bо‘lishi kerak. О‘z faoliyatimizga chuqur va atroflicha baho bermasdan, boy berilgan imkoniyatlarni tо‘g‘ri tahlil qilmasdan va tegishli xulosalarni chiqarmasdan turib, hammamiz yaxshi tushunamizki, boshlagan ishlarimizni davom ettirish, eng muhimi, har qaysimiz о‘z joyimizda xalqimizning bizga bildirgan ishonchini oqlashimiz qiyin bо‘ladi.
Bu haqda gapirar ekanmiz, bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: Samarqand viloyati, shu yurtda yashayotgan mehnatkash xalq hech qachon oqsoqlar qatorida bо‘lmagan, doimo ilg‘orlar safidan munosb о‘rin egallab kelgan, lо‘nda qilib aytganda, hech kimdan kam bо‘lmagan va kam bо‘lmaydi, dedi Islom Karimov.
Dunyoga mashhur, kо‘pchilik bir kо‘rishni orzu qiladigan, Samarqand ahlining eng sevimli maskani bо‘lmish registon maydoni, Bibixonim, Shohi Zinda, Hazrati Xizr ziyoratgohlari oxirgi yillarda har tomonlama obod qilinib, butun jahondan keladigan mehmon va sayyohlarning havasini tortmoqda. Imom Buxoriy majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, bunday muqaddas qadamjolarning yanada obod bо‘lib borayotgani kо‘pgina musulmon mamlakatlari davlat arboblari va jamoatchiligi, minglab ziyoratchilarning yuksak e’tibori va hurmatiga sazovor bо‘lmoqda.
Shu kunlarda 6 milliard 500 million sо‘m mablag‘ sarflanib, Siyob dehqon bozorini rekonstruksiya qilish va uning hududini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Shular qatorida, salkam 4 milliard sо‘m mablag‘ о‘zlashtirilib, Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hududida yangi muzey binosi, keng maydon va sо‘lim xiyobon barpo etildi, buyuk ,bobomiz muazzam haykali о‘rnatilib, bugungi kunda bu maskan Samarqand tarixining yana bir yorqin kо‘zgusiga aylandi.
Bir sо‘z bilan aytganda, Samarqand vohasida keyingi yillarda qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun barcha manbalar hisobidan qariyb 200 milliard sо‘m kapital mablag‘ yо‘naltirildi. Bularning barchasi Samarqand shahri, viloyatdagi tuman va qishloqlarimizning yanada kо‘rkam va obod bо‘lishida, shu yurtda yashayotgan insonlarning ehtiyojini ta’minlashda salmoqli qadam bо‘lib, ayni vaqtda xorijiy sayyoh va mehmonlarning hayrat va havasini uyg‘otmoqda.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda, jumladan, Samarqand viloyatida qishloqlarimizni har tomonlama taraqqiy toptirish maqsadida katta ishlar amalga oshirilayotgani, ayni paytda bu borada yо‘l qо‘yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar va ularning yechimi haqida atroflicha tо‘xtalib о‘tdi.
Samarqand viloyatida namunaviy loyihalar bо‘yicha zamonaviy uy-joylar barpo etish uchun joriy yilning о‘zida 21 ta qishloq massivida qariyb 44 milliard sо‘mlik kapital mablag‘ hisobidan 650 ta uy- joy qurish va ularni shu yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirish belgilangan edi. Lekin, afsus bilan aytish kerakki, bunday yangi, odamlarning intilishini tortayotgan, qishloqlarimizni obod qilish, qishloq hayotini shahar darajasiga kо‘tarishda istiqboli katta bо‘lgan muhim masalaga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Buning natijasida ana shu uylarni qurishda sustkashlikka va ularni topshirish muddatlarini asossiz ravishda chо‘zib yuborishga yо‘l qо‘yilmoqda.
Bugungi kunda aqlga sig‘maydigan ba’zi holatlar haqida faqat afsuslanib gapirish, xususan, vodoprovod tarmoqlarining ishdan chiqishi oqibatida odamlarning quduq suvidan foydalanishga majbur bо‘layotganini Bulung‘ur va boshqa tumanlarda kuzatish mumkin.
Tabiiy gaz bilan ta’minlash haqida gapirganda, bu masalada ham shu kabi noxush misollar kam emasligini aytish lozim. Jumladan, Samarqand, Urgut, Tayloq, Payariq, Kattaqо‘rg‘on tumanlarida bu nuqsonlar kо‘zga tashlanmoqda. Ayni qish paytida bunday holat odamlarning haqli e’tirozini uyg‘otmoqda.
Bu kabi kamchiliklar, ayniqsa, elektr energiyasi ta’minotidagi uzulishlar ayrim qishloq vrachlik punktlarida uchrashini hech chidab bо‘lmaydigan hol deb baholash kerak.
Viloyatda zamonaviy bilim va professional malakaga, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bо‘lgan, jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan sh kadrlarga ishonch bildirish, ularning yо‘lini ochib berish о‘rniga mas’ul lavozimlarga bugungi kun talablariga javob bermaydigan nomzodlarni tavsiya etishdek nomaqbul tajriba kо‘llanib kelgan.

Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin