4. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi Shu kunlarda barchamiz nihoyasiga yetib borayotgan 2010 yilni yakunlab, Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi nishonlanadigan yangi 2011 yil ostonasida turibmiz deb ta’kidladi Prezidentimiz.
Ma’lumki, О‘zbekiston 1991 yili о‘z mustaqilligini qо‘lga kiritganidan sо‘ng umrini о‘tab bо‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, “о‘zbek modeli” deb nom olgan о‘z taraqqiyot yо‘lini tanlab oldi.
Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitusiyaviy tuzumni tubdan о‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bо‘lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Izchil yuqori о‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida О‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning о‘sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yо‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar kо‘paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar о‘limi 2 barobardan kо‘proq, bolalar о‘limi 3 barobar kamaygani, odamlarning о‘rtacha umr kо‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning о‘rtacha umr kо‘rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi, deb о‘ylayman.
Shundan kelib chiqqan holda, quyidagi yо‘nalishlarni demokratik о‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida belgilash zarur, deb о‘ylayman.