Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


TESTNI SHAKLLANTIRISH VA KOGNITIV



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə49/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

TESTNI SHAKLLANTIRISH VA KOGNITIV 

TESTNI VALIDLASH

MADANI YATLARARO VALIDLIKNI TAʼMINLASH
151. Test materiallarini katta xalqaro sinovga tayyorlayotganda test 
tuzuvchilar testni qoʻllashni va format standartlarini hisobga olishlari
hamda tuzilma ekvivalentligi kabi madaniy va til masalalarini inobatga 
olishlari zarur.



62
63


152. PISA dasturida kreativ fikrlashni baholashda kamchilik 

quyidagilarni oldindan rasman belgilab olish ehtimoliy masalasidan kelib


chiqishi mumkin: a) konseptuallashtirish, amalga oshirish, oʻlchamlar 
raqami va konstruktning maqsadli xatti-harakati nuqtayi nazaridan
oʻlchanayotgan kreativ fikrlash koʻnikmalarining madaniyatlararo bir 
xilligi; b) topshiriq formati bilan o‘quvchining tanishligini (masalan,
interaktiv simulatsiyali test vazifalarida); d) zaruriy avvalgi bilim vazifa 
ko‘rsatmalarini sharhlash hamda berilgan stimullar tushunarliligi (masalan,
soʻzlashuv tiliga oid soʻzlardan yoki tasvirlardan foydalanish) nuqtayi 
nazaridan muammoli topshiriq mazmunida (kontentida).
153. Ushbu boʻlim koʻp jihatli ekvivalentlikning oʻta muhimligiga urgʻu 
beradi, tavsiya etilgan test tuzish hamda psixometrik tahliliy bosqichlar
turkumini belgilab beradi, bu esa ham milliy, ham xalqaro guruhlarga qatʼiy 
moslashtirilgan sinov vazifalari va shkalalariga olib keladi (International
Test Commission, 2017 [123]). Boʻlimda, shuningdek, PISA kreativ fikrlash 
sinovini tashkil etish mobaynida IHTT Kotibiyati hamda pudratchi tashkilot
olib borgan validlash mashqlari keltirilgan. 


SINOV MATERIALI VALIDLIGI HAMDA UNING MADANIYATLARARO 

SOLISHITIRA OLISH IMKONI
154. Kreativ fikrlashni validli baholashni, barcha ishtirokchi davlatlarda 
kreativ fikrlash malakalar doirasini munosib qamrab olish hamda ehtimoliy
davlatlararo va guruhlararo farqliliklarni hisobga olish maqsadida, testni 
tuzish siklida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Madaniyatlararo tashqi validlik taqrizlari: baholanayotgan tuzilma 
barcha lingvistik va madaniy guruhlar tomonidan birdek anglashilishini
taʼminlash. Tuzilmaning ushbu turli madaniy va lingvistik guruhlarga 
aloqador boʻlishini taʼminlash maqsadida, ham kreativ fikrlashni
baholashda mutaxassis boʻlgan, ham test qilinayotgan madaniiy guruh 
bilan tanish shaxslar baholash doirasining va test materiallarining bir
qancha taqrizi sikllarida qatnashdilar. Bu test shakllantirishning ilk 
bosqichida kreativ fikrlashga aloqasi boʻlmagan madaniy va lingvistik
xususiyatlarni aniqlashga imkon berdi. Barcha ishtirokchi davlatlar 
ham madaniy xoslikka moyil boʻlishi mumkin boʻlgan topshiriqlarni
aniqlash maqsadida test materiallarini bir necha bor koʻrib chiqqan.


63
2. Kognitiv laboratoriyalar: testning maqsadli auditoriyasidagi shaxslar 


test materiallari bilan qanday munosabatda boʻlishini kuzatish. Test
sohasining tajribali mutaxassislari uch mamlakatning o‘quvchilari 
ishtirok etgan kognitiv laboratorya mashqlarini olib borgan. Fikrini
baralla aytish formatidagi mashqlarda PISA yoshidagi o‘quvchilardan 
kognitiv va kognitiv boʻlmagan savollarga javob berish, testga javob
berayotganda fikrlash tarzini tushuntirib berish hamda tushunarsiz 
yoki noaniq ko‘rsatmalar va test vazifalarini koʻrsatish soʻralgan.
Ushbu jarayon borasidagi qoʻshimcha maʼlumotlar alohida hujjatda 
keltirilgan [EDU/PISA/GB(2019)8].
3. Kichik masshtabdagi validlik mashqlari: amaldagi test materiali test 
sharoitida qanday ishlashini kuzatish maqsadida, umumiy test tuzish
jarayoniga parallel ravishda validlik mashqlarini oʻtkazish. Real 
o‘quvchilar maʼlumotining tahlili koʻzlangandek ishlamayotgan test
materiallarni koʻrsatadi, test materiallarini, shu jumladan kodlashtirish 
yoʻriqnomasini dalillarga asoslangan holda takomillashtirishga imkon
beradi. IHTT Kotibiyati va PISA pudratchilari tomonidan amalga 
oshirilgan validlik mashqlaridan koʻzlangan maqsad hamda uslubi
alohida hujjatda keltirilgan [EDU/PISA/GB(2019)8]. 
4. Tarjima taqrizlari: tarjima, masalan, vazifa ssenariysi yoki shartlari,
muammolarini aniqlash. Test kontenti PISA sinovining barcha tilla-
riga tarjima qilinishini taʼminlash maqsadida IHTT Kotibiyati test
tuzishda ishtirok etayotgan mutaxassis va pudratchilar bilan yaqindan 
hamkorlik qilmoqda. Munosib tarjima har bir til guruhi bilan bogʻliq
til va madaniy mulohazalarning moslashtirilishini aks ettirishi lozim. 
Ushbu jarayon kreativ fikrlash koʻnikmalar hamda test konstrukti
haqida salmoqli bilimni taqozo etadi.
5. Tajriba-sinov: maqsadli auditoriyaning katta, reprezentativ qismi
orasida sinov oʻtkazish. Test tuzilishi jarayonidagi ushbu muhim bos-
qich asosiy sinovdan oldin toʻlaqonli tuzilma va sinovni validlash
mashqini oʻtkazishga imkon beradi. U barcha qatnashuvchi davlatlarda 
oʻtkazilib, statistik tahlil orqali yetarlicha madaniyatlararo munosib-
likni namoyish qilmagan test topshiriqlarini olib tashlashga imkon 
beradi. Maʼlumotlar tahlili mamlakat ichra va mamlakatlararo tuzil-
ma hamda baholash validligi va ishonchliligi muammolarini hal etadi. 


64
65


Guruhlararo ekvivalentlik, oʻlcham ekvivalentligi va tuzilmaviy ekviva-

lentlik, odatda, ushbu maʼlumot asosida oʻtkaziladi. PISA oʻtkazish


muddatlari tufayli ushbu bosqichdan keyin testga yangi topshiriqlarni 
qoʻshish imkonsiz, mavjud topshiriqlarga salmoqli oʻzgartirishlar ham
kiritilmaydi, yaʼni yaxshi natija koʻrsatmagan test topshiriqlari test 
bazasidan olib tashlanadi.
155. Qisqa qilib aytganda, sinov materialini validlash va uning mada-
niyatlararo solishitirish masalalariga bunday yondashuv konstrukt ekvi-
valentligi hamda til ekvivalentligi masalalarini hal etadi.



Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin