61
148. Ushbu barcha test topshiriqlari va vazifalarda, test topshiruvchilar
uchun narsalarni sinab koʻrish va muvaffaqiyatsizlikka uchraganda yoki
muqobil yoʻlni sinab koʻrmoqchi boʻlganda orqaga qaytarish (masalan,
chizish jihozlari orasida «bekor qilish» tugmasi) oson boʻlishi kerak.
Test topshiruvchilar test muhitida nimalarni qila olishlari borasida aniq
tushunchaga ega boʻlishlarida, ayniqsa, «yaqqol tushunarli» jihozlarning
oʻrni muhimdir. Interaktiv jihozlar odamni zeriktirmasligi kerak: agar,
o‘quvchi butun diqqatini jihozni
qanday ishlatishga sarflasa, kreativ
fikrlashga bagʻishlay oladigan kognitiv resurslari kamroq qoladi.
149. O‘quvchilarning kreativ fikrlash koʻrsatkichlari
ularning tad-
qiqotchilik qobiliyatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil etish ham
oʻrinlidir. Xuddi o‘quvchi ishtiyoqini oʻlchaydigan
uslub kabi, uning
tadqiqotchilik qobiliyatini ham kompyuterlashgan testdagi xatti-harakatini
kuzatishdan olingan (telemetriya) maʼlumotlar asosida tahlil qilish mumkin.
Masalan, koʻproq turli jihozlardan foydalangan yoki
dijital muhitning turli
funksiya va xususiyatlarini oʻrganishga koʻproq vaqt ajratgan o‘quvchi
tadqiqotchilik jarayoniga koʻproq kirishgan, deb xulosa qilish mumkin.
150. O‘quvchining test muhiti bilan munosabati jarayonida olingan
ushbu maʼlumotlarni tahlil etish va izohlash qiyinroq boʻlgani uchun, kom-
petentlik modeli tadqiqotchilik qobiliyatini qamrab olmaydi. Lekin ushbu
maʼlumotlar ishlab chiqiladi va o‘quvchilarning
kompyuterlashgan test-
lardagi tadqiqotchilik hamda «sinash va xato» strategiyalarini oʻrganish
maqsadida jamoatchilikka taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: